1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Kimning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə14/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

51. Kimning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir?
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondoshuvni asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir.


52. XX asrning boshlarida moliyaga oid kimlarning asarlari paydo bo’ldi?
XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo bo’ladi.


53. Sho’rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga munosib hissa qo’shgan iqtisodchi olimlarni aytib bering.
Sho’rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga V.Dyachenko, A.Aleksandrov, A.Birman, E.Voznesenskiy, V.Chantladze, B.Boldirev, V.Rodionova, P.Nikolskiy, M. Shermenev, M.Romanovskiy, B.Sabanti, V.Kolesnikov, D.Mo-lyakov, A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa qo’shganlar.


54. Qur’oni Karim va Hadislarda qaysi islomiy soliqlar haqida qanday fikr va tavsiyalar berilgan?
“Qur’oni Karim” da islomiy soliqlarning asosiy turlari bo’lmish xiroj, ushr, zakot va boshqa soliqlarning miqdori, to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va to’lovchilar haqida atroflicha fikr yuritilgan. Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar bo’yicha keng miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari, to’lovchilar, to’lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq javoblari hadislarda bayon etilgan.


55. “Avesto” da hamda “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlarda bayon etilgan moliyaga daxldor g’oya va fikrlarni aytib bering.
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham tadqiq etilganligi jahondagi iqti-sodiy tafakkur tarixi bilan shug’ullanadigan olimlarni hayratga soladi. Zero, dunyoda moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha saqlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas” kitobda agrar munosabat-larning moliya masalalariga ham katta e’tibor beriladi”. Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator doston-larida ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“Alpomish” dostonida Qo’ng’irot elida hukmronlik qilgan Boybo’ri bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof zakot masalasida paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. “Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon qilingan. Bunda soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush) degan iboralar bilan atalgan.

Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin