1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va amaliyotini qanday rivojlantirishgan?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə16/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

59. Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va amaliyotini qanday rivojlantirishgan?
Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston zaminida o’ta uzoq muddat (1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni qiynamaslik kabi omillar-ning xizmati beqiyos bo’lgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya va soliq bo’yicha o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi amaliyotga joriy ham etgan.
Bobur kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar bergan. Buning uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, bevabechoralarga berishgan. Masalan, islo-miy qoidaga ko’ra, “zakot” solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur musulmonlardan olinadigan “tamg’a” solig’ini bekor qilgan.
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning nevarasi Buyuk Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi hamda soliq-larni to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil og’irlik va miqdor o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng bo’lgan yyer solig’ini pul shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning natijasida soliq to’lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi shart bo’lganligi Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojlanishiga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga iqtiso-diy zamin yaratgan.
60. Xoja Ubaydulloh Ahrorning moliya va soliq sohasida qilgan xizmatlarini tushuntirib bering.
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o’ta muhim bo’g’ini bo’lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa qo’shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan qator engilliklar berilishiga sabab bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490 yillar) o’z zamona-sining eng obro’li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, “xojalar xojasi, ulug’lar ulug’i” bo’lgan. U kishi o’zi yashab o’tgan 15 asrda islom olamining diniy, siyosiy, ma’rifiy va iqtisodiy hayotida juda katta o’rin tutgan.

Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin