1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə12/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

41. Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?
Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham kiritish mumkin.


42. XII-XIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan nemis olimlari kimlar?
L.fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnen-fels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.


43. Mumtoz maktab vakillarining moliya to’g’risidagi ta’limotlarini qanday to’rtta asosiy yo’nalishga keltirsa bo’ladi?
a) Davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi;
b) Davlatni saqlash arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
c) Davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza
olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak;
d) Davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy printsip-lariga qat’iy
rioya etmog’i lozim:
- o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo’naltirilgan);
- soliqni oldindan aniq belgilash zarur;
- soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim;
- soliqlarni yig’ish xarajatlari arzon bo’lishi kerak.

44. XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?
XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va, nihoyat, “Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin.


45. Moliya sohasidagi ilmiy ishning birinchi rus muallifi kim va u nimalarning tarafdori bo’lgan?
Rossiya tarixida moliya sohasidagi ilk asarning muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini ko’paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bo’lgan.



Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin