1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Marg’inoniy va Nizomulmulkning qaysi asarlarida moliya bo’yicha qanday fikrlar mavjud?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə15/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

56. Marg’inoniy va Nizomulmulkning qaysi asarlarida moliya bo’yicha qanday fikrlar mavjud?
Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197) “Hi-doya” asarida chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, kumush) dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), zakotni taqsimlash tartibi bo’yicha tavsiyalar berilgan. 1063-1092 yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo’lib ishlagan Nizomulmulkning “Siyosatnoma” 13 asarida davlat xazinasi, uni oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig’ish masalalari ham bayon etilgan.


57. Al-Farg’oniyning soliqqa tortish tartibiga qo’shgan nazariy va amaliy hissasining ahamiyati qanday?
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi hajmining o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi yo’q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ulRod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab turibdi. Vatandoshimiz Al-Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini adolatli o’rnatish g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish tamoyillarini ishlab chiqishga bo’lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga oshgan urinishlardan biri edi. Ahmad Al-Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va hayotga joriy etgan IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o’zi ham yo’q edi.


58. Buyuk Temurning moliya fani va amaliyotini rivojlantirish sohasidagi xizmatlarini aytib bering.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli bo’lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to’g’riligini tushunish uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik faoliyatida o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir “Temur tuzuklari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga juda katta e’tibor bergan. U o’z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa tortish, uning miqdori va to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib o’rnatgan.
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj yig’ishda uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoq qilib qo’yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni xonavayron qilish xazinaning g’ariblashuviga olib keladi. Xazinaning g’ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqalib ketishi o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga olib keladi”. Ko’rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daro-madlarini shakllantirishda soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini oshirib yuborishning salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o’z saltanatida bunga yo’l qo’ymagan.

Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin