10. O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya nimalarni ifoda etadi? O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining ko’payishidir.
11. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati qanday savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi? Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi.
13. Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari aytib bering. Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytari-luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. Bir vaqtning o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega.
14. Moliyaning mohiyati nimalar orqali namoyon bo’ladi? Ular bir-birlaridan o’zlarining funksiyalari va muayyan maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda katego-riyalarga tegishli bo’lgan barcha belgilarning majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini yanada yaqqolroq ko’rish mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam beradi.