1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə44/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Reja:
1. Sugurtaning mohiyati, funksiyalari va turlari.
2. Sugurta bozori.
3. Ijtimoiy sugurtaning turlari.
4. Tibbiy sugurta.


Kalit sozlar: sug’urta fondlari, zahira fondi, xavf-xatar funksiyasi, jamg’arish funksiyasi, himoyalash funksiyasi, sug’urta bozori.
Mashgulotning maqsadi: Sug’urtaning mohiyatini yoritib berish, sug’urta funksiyalari va turlarini tavsiflash, O’zbekiston sug’urta bozori.
Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.


1. Sugurtaning mohiyati, funksiyalari va turlari

Sug’urta ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi kategoriya sifatida jamiyat shakllanishining ilk davrlarida vujudga kelib, ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas qismiga aylangan. Sug’urta tushunchasi mulkning saqlanishiga, tabiy ofatlar, yong’in, o’g’irlik va iqtisodiy hayotning boshqa ko’zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida nobud bo’lishi yoki yo’qotilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardir.


Sugurta – bu uning ishtirokchilari o’rtasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan maqsadli sug’urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig’indisidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o’rtasida birgalikda qoplash g’oyasi yuzaga keldi.
Ko’rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug’urta bo’lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat ko’rgan dehqonlarga moddiy yordam ko’rsatilgan. Bunday sug’urta, chegaralangan bo’lib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o’z o’rnini pul shaklidagi sug’urtaga bo’shatib bergan.
Jamiyat taraqqiyoti natijasida sug’urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlarini himoya qilishning asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash va aholini turli tabiy ofatlar va hodisalardan himoya qilishda sug’urtaning muhim o’rni bor. Sug’urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiy ofatlardan saqlashda, turli falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir xo’jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun tadbirkorlik bilan harakat qilishi, shu bilan birga favqulodda va tasodifiy zararlarning oqibatida yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash, ularning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Bu o’z navbatida sug’urtaga bo’lgan talabning ortib borishini ta’minlab beradi.
Sug’urta faoliyatini nafaqat korxona miqyosida, balki mamlakat miqyosidagi munosabatlarda ham amalga oshirish zarurdir. Sug’urtaning qayta taqsimlash munosabatlari bir tomondan sug’urta fondini shakllantirish, ikkinchi tomondan shu fonddan sug’urta ishtirokchilarining zararini qoplash bilan bog’liqdir.
Sug’urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liq. Takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uzliksizlikdir. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda, jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir. Agarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tabiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hodisalarning (yong’inlar, epidemiyalar, suv toshqinlari) salbiy oqibatlari ta’sirida to’xtab qolishi yoki siklli o’zgarishlarga uchrashi mumkin bo’lsa, sug’urta avvalo ularning oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini qayta tiklashga imkon beradi.
Inson faoliyati va tabiy ofatlar o’rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilikka asoslanganligi, birinchi navbatda, tabiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni qoplash bo’yicha insonlar o’rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga bo’lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig’indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug’urta vositasida himoyalashni tashkil etadi.
Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa, faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi. Sug’urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:

  1. Sug’urtaning tasodifiy, oldindan ko’zda tutilmagan va yengib bo’lmaydigan holatlar bilan bog’liqligi, ya’ni sug’urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.

  2. Sug’urta ko’rilgan zararni sug’urta ishtirokchilari, ya’ni sug’urtalanuvchilar o’rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli ishtirokchilar soni yetarlicha katta bo’lganda zarar ko’ruvchi xo’jaliklar soni doimo sug’urta ishtirokchilari sonidan kam bo’lish ehtimolligiga asoslanadi. Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo’naltirilgan sug’urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug’urta ishtirokchilarining badallari hisobidan shakllantiriladi. Sug’urta fondining mablag’lari faqatgina uni tashkil qilganlar o’rtasida ishlatiladi, sug’urta badalining hajmi esa, har bir ishtirokchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug’urta ishtirokchilarining doirasi qanchalik keng bo’lsa, sug’urta badalining hajmi shunchalik oz va sug’urta ham samarali bo’ladi. Agarda sug’urtada millionlab sug’urtalanuvchilar ishtirok etsa va yuz millionlab obyektlar sug’urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo’ladi.

    1. Sug’urta faoliyati zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda yil davomida sug’urtalanuvchi xo’jaliklar o’rtasida sug’urta fondini hududlar bo’yicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta hudud va anchagina sug’urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi. Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi tabiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo’ladi.

Zararni sug’urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug’urta doimo vaqt bilan chegaralanadi.
Sug’urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari orqali namoyon bo’ladi. Ushbu funksiyalar sug’urta – moliya tizimining bir bo’g’ini sifatida xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin