1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə50/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Ixtiyoriy ijtimoiy sugurta fuqarolarning yanada ko’proq ijtimoiy himoyalashni ta’minlashga qaratilgan. U fuqarolarning shaxsiy daromadidan ish beruvchilarning ishchilarini sug’urtalashning firma daromadidan badal ko’rinishidagi mablag’ hisobidan yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug’urta bo’yicha sug’urta badallari miqdori sug’urta institutlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va u sug’urta xavf-xatariga sug’urtalovchi tomonidan o’rnatilgan qoidaga ijtimoiy xizmat narxiga sug’urtalanganlar soniga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi kunda milliy sug’urta bozorimizda ko’plab sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari bo’lib, ular "O’zagrosug’urta" DASK, "Kafolat" DASK, "O’zbekinvest" EIMSK, va "Madad" sug’urta agentliklaridir.


4. Tibbiy sugurta


Tibbiy sugurta – ijtimoiy sug’urta shakllaridan biri bo’lib, fuqarolar sog’lig’ini turli hodisalar tufayli yo’qotilishining oldini olishga qaratilgan.
Tibbiy sug’urta aholining vrach ko’rigiga takror qatnashishi, ambulator, stasionar davolanish, stomatologik xizmat, turli profilaktik tadbirlar uchun mablag’larini himoyalash va qoplashga yo’naltiriladi.
Tibbiy sugurta obyekti – sug’urta hodisasi yuz berganda tibbiy yordam ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar tarzidagi sug’urta tavakkalchiligi hisoblanadi.
Tibbiy sugurta hodisasi – shartnoma muddati davomida sug’urtalangan shaxsning o’tkir surunkali kasalliklar, jarohatlanish, zaharlanish va boshqa turdagi baxtsiz hodisalar tufayli maslahat-profilaktik, davolash va boshqa turdagi yordamlar olish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishidir. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida yuz bergan moddiy zarar deganda sog’liqqa zarar yetgan holda xodim yo’qotgan ish haqi, uning muayyan qismini qoplash, qo’shimcha xarajatlarni qoplash, bir yo’la qoplanadigan nafaqa berish, ma’naviy zararni qoplash kabilardan iborat bo’ladi. Xodim vafot etgan taqdirda esa, ushbu xarajatlar uning oila a’zolariga to’lanadi. Sug’urtalovchi tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan sug’urta mukofoti yillik ish haqi fondiga nisbatan foizlarda, sug’urtalovchi tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq belgilanadi.
Tibbiy sug’urtaning quyidagi turlari mavjud:

  • majburiy;

  • ixtiyoriy.


Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin