1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə48/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

2. Sugurta bozori
Sugurta bozori – sug’urta hodisasi ro’y berganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy mafaatlarini sug’urtalanuvchilarning pul mablag’lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Sug’urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug’urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug’urtalovchilarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Sug’urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksiyadorlik, xususiy va davlat sug’urta tashkilotlaridan iborat bo’ladi.
Hududiy jihatdan milliy, mintaqaviy va halqaro sug’urta bozorlariga bo’linadi.
1-jadval.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlari.



Sugurta kompaniyalari

Tashkiliy huquqiy shakli

1

ALSKOM

OAJ

2

Agro Invest Sug'urta

OAJ

3

Alfa Invest

MChJ

4

Alfa Life

MChJ

5

Asia Inshurans

MChJ

6

Asko-Vostok

MChJ

7

Chartis Uzbekistan

MChJ

8

DD General Insurance

MChJ

9

Euroasia Insurance

MChJ

10

Global Insurance Gr.

MChJ

11

Gross Insurance

MChJ

12

Hamkor Sug'urta

MChJ

13

Ingo-Uzbekistan

MChJ

14

Kafil-Sug'urta

MChJ

15

Kafolat

DASK

16

Kapital Sug'urta

MChJ

17

Madad

MChJ

18

O'zagrosug'urta

DASK

19

O'zbekinvest

DUK

20

O'zbekinvest Hayot

Sho’ba korxonasi

21

Temir Yo'l - Sug'urta

MChJ

22

Universal Sug'urta

MChJ

23

XALQ SUG'URTA

MChJ

Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Mustaqillikgacha bo’lgan davrda mamlakatimizda davlat sug’urtasi mavjud edi. Hozirgi kunda milliy sug’urta bozorida 35 ga yaqini sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari “O’zbekinvest” EIMSK, “O’zagrosug’urta” DASK, “Kafolat” DASK, Agro Invest Sug'urta, Alfa Invest va boshqa sug’urta kompaniyalaridir.


Bulardan tashqari bir nechta chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, xususiy sug’urta kompaniyalari ham o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Jahondagi eng yirik sug’urta bozori AQShga tegishli. Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tushumlarining qariyib 50% dan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi.
Mintaqaviy sugurta bozori deganda savdo-iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi.
Halqaro sugurta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug’urta bozori tushuniladi.
Sug’urta bozori bozor munosabatlari subyektlarining mustaqilligini, ularning sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha teng huquqli hamkorligini ko’zda tutadi.
Sug’urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat:
– o’z manfaatlaridan kelib chiqib sug’urta himoyasi bo’yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug’urta qildiruvchilar);
– bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar (sug’urtalovchilar);
– mazkur shaxslar o’rtasidagi vositachilar (sug’urta agentlari va brokerlari);
– sug’urtalangan shaxslar (sug’urtalanuvchilar);
– manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar);
– uchinchi shaxslar.
Ichki sug’urta bozorini moliyaviy tarkibini sug’urta tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. Sug’urta bozorining asosiy vazifasi sug’urta xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug’urta polislarini sotish, maqsadga muvofiq va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, o’z infratuzilmasini tartibga solish hisoblanadi.
Sugurta brokeri — sug’urta bozorining mustaqil subyekti bo’lib, o’z nomidan ish ko’radi. Ular sug’urta bozorining shart-sharoitlarini va iste’molchilarining xulq-atvorini muntazam ravishda o’rganib boradilar.



Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin