1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə49/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
она тилидан қулланма

Aniq nisbat
Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo‘ladi. To‘ldiruvchi esa harakatning ob’ekti bo‘ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog‘liq uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) Navoiy bo‘lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning ob’ekti esa uyda vositali to‘ldiruvchi orqali ifodalangan.
Bunday shaklida maxsus nisbat ko‘rsatkichi yo‘q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos bo‘la oladi (qiyoslang: o‘qidi, o‘qildi, o‘qishdi, o‘qitdi kabi).
O‘zlik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda harakatning sub’ekti bilan ob’ekti bir shaxsning o‘zi bo‘ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go‘zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo‘shimchasi harakatning sub’ekti bilan ob’ekti men shaxsi ekanligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –n, undoshdan so‘ng –in qo‘shish bilan: maqta-n, o‘ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so‘ng –l, undoshdan so‘ng –il qo‘shish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –lan (-laQ-n dan tuzilgan qo‘shma affiks) affiksini qo‘shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;
g) –ish qo‘shimchasini qo‘shish bilan: ker-ish kabi.
Barcha fe’l negizlaridan (o‘timli, ba’zi bir o‘timsiz) o‘zlik nisbati yasalmaydi: so‘ra, bor, yugur kabi. Ba’zi fe’l negizlarining, aksincha, aniq nisbati yo‘q: quvon, seskan kabi.


Majhul nisbat
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to‘ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G‘ .) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so‘zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –l, undoshdan so‘ng –il affiksini qo‘shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so‘ng –n, undoshdan so‘ng –in affiksini qo‘shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko‘proq qo‘llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o‘zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o‘zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin