2-savol bayoni: Undov so‘zlarning ma'no turlari.
O‘zbek tilidagi undovlar ma'nolariga ko‘ra dastlab ikki katta guruhga: emotsional undovlar va imperativ undovlarga bo‘linadi. Bulardan tashqari, ikki guruhga ham kiritish mumkin bo‘lmagan va alohida guruhni tashkil qiluvchi undovlar ham bor. Shuningdek, undov so‘z turli sharoitda turli ma'no ifodalashi va shu sababli uning ma'no guruhi shunga muvofiq o‘zgarishi mumkin.
Emotsional undovlar kishilarning his-tuyg‘usini, hayajoni va ruhiy holatini bildiruvchi undovlar bo‘lib, ular eng katta guruhni tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi undovlar ma'no jihatidan nixoyatda rang-barangdir: ular zavqlanish, quvonch, xursandchilik, xayrixohlik, achinish, xayratlanish, ajablanish, qoyil qolish, afsuslanish, norozilik, nafratlanish, g‘azab, o‘kinch, alam, g‘am, qayg‘u, kulfat, dard, shikoyat, vaxima, tanbex va boshqalar.
Emotsional undov so‘zlarning ma'nolaridan kelib chiqib umumlashtiradigan bo‘lsak, ularni asosan uchta katta guruhga: ijobiy emotsional ma'no bildiruvchi, salbiy his tuyg‘uni ifodalovchi, rasm-odat ma'noli his-tuyg‘u undovlarga guruhlashga to‘g‘ri keladi.
Ijobiy emotsional undovlar kontekst va intonatsiya bilan bog‘liq ravishda quyidagi ma'no nozikliklariga ega bo‘lishi mumkin:
1.Sevinch, xursandchilik, zavklanish, xavas ma'nolarini ifodalaydi:-Xo,keliningizga muncha mexribonsiz? (P.Q.) Voy, buyginangdan aylanay, do‘mbog‘im. Exe, ish katta-ku!-dedi u takka tuxtab (O.)
2. Shafqat, mehribonlikni ifodalaydi: Voy-ey bolam boyakish-ey,bir kunda nakd do‘zax azobini kuribsan.(P.Tursun).O, bechora.Boshingga tekkan ekanda-a?(R.Fayziy.)
3.Qoyil qolish, rohatlanishni ifodalaydi:-Xay-xay, ovkat, ovkat...-dedi Eshon shoshilib (P.Tursun.) O, juda badavlat ekansiz-ku!
4. Mamnuniyat, faxrlanish, mag‘rurlanish, xayrixohlikni ifodalaydi: Exe, xush kelibdilar, janoblari!- dedi o‘rnidan ko‘zg‘alib mudarris. (O.)
5. Undash, ogohlantirish, tasdikni ifodalaydi: Xay-xay, qizlar, yulishib ketmanglar, -dedi Shakarxon Begimxonning qo‘lidan ushlab.(I.R)
Undovlarning ikkinchi bir turi so‘zlovchining voqea-hodisalarga salbiy munosabatini, salbiy his-tuyg‘usini bildiradi. Undov vositasida ifodalangan inkor ma'nosi asosan kontekstda oydinlashadi va ular vositasida ifodalangan salbiy inkor ma'nosi quyidagicha ma'no nozikliklarini ifodalashi mumkin:
1.E'tiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish ottenkasi ifodalanadi:
a)Ha, bu Ortiq akang toza jonimni oldi (P.Q) b)Ha, ha, nima gap, muncha qovog‘ingizdan qor yog‘ilmasa?- dedi kampir shoshoshilib ayvon labiga o‘tirgach, so‘ng eriga tikildi (O.) v) Ux, uldim-ey,-dedi poygakroqda o‘tirib (O.) g) Oh, Po‘lat, sen qanday raxmsizsan! (Sh.R.) Obbo, aldamchi-ey! Dunyoda yolg‘onchi odam ko‘payib ketgan (A. Nesin)
2. Jirkanish, nafrat, g‘azab, jahl, zarda qilish ottenkalari ifodalanadi: E, akillay berasan-da, Safar! (A.Q.) O, noshud ugil, do‘zaxi otangning kilmishlaridan bexabarmiding? (Sh.Yu.)
3.Achinish, afsuslanish ottenkalari ifodalanadi: Oh, qizim, muncha o‘zingni o‘tda ekasan.(Shuxrat) -Eh! O‘rtada oyim bo‘lmaganda-ku o‘zim bilardim nima qilishimni! (O.Yoqubov)
4. Kinoya, kesatik, piching, koyish ottenkalari ifodalanadi: Obbo siz-ey, quyonning inini ijaraga olmoqchiman deng? (E.Shamsharov) Xo, zumrasha, bo‘lar-ku borib kanal kaziydi (E.Shamsharov)
5. Tanbex, ogohlantirish, kutilmaganlik ottenkalari ifodalanadi:-E,sekinrok gapir, bundan anovi ikki oyoqli to‘ng‘izlar xavfliroq (E.Shukurov) Xay-xay, Nazira buvi, shu bo‘ladigan ishmi, yo raisning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib jo‘natdingmi?(A. Qahhor.)
6.Chuchish, vaxima, daxshat ottenkasini ifodalaydi: Vo-ey, payqamabman, qo‘rqib ketdim.(O.) -E, xudoyim-ey, endi nima bo‘ladi...(S. Jamol)
7. G‘am-g‘ussa, qayg‘u-alam, kulfat, zorlik, o‘qinch ottenkalarini ifodalaydi:
-Exa, qizlarim, mening ko‘rganimini hech kim kurmasin.(O.) -Oh, qani endi u tirilsa-yu,bir kursam (X. G‘)
8. Ajablanish, taajjub, xayratlanish, ranjish ottenkalari ifodalanadi: Iyi, nima uchun? qarga qarganing ko‘zini cho‘qiydimi? (E.Shukurov) Ux-xu!-deb o‘rnidan turdi tergovchi ajablanib,-zo‘rsan-ku?! (E.Shukurov)
Misollardan ko‘rinyaptiki, bir xil undovlar kontekst bilan bog‘liq ravishda ba'zan ijobiy, ba'zan salbiy ma'noda kelishi mumkin. Lekin undovlarning shunday guruhlari ham borki, ular yo ijobiy yoki salbiy tuyg‘uni ifodalaydi, xolos. O‘zbek tili faktlari shundan dalolat beradiki, salbiy tuyg‘uni bildiruvchi undovlarga nisbatan ijobiy tuyg‘u ifodalovchi undovlar ko‘proq. Ijobiy tasdiq ma'noli undovlar so‘zlovchining zavqlanishi, quvonchi, mamnuniyati, xuzurlanish, qoyil qolish, shodlanish kabi manolarni ifodalashgagina xizmat qiladi, xolos.
O‘zbek tilida undovlarning yana bir turi borki, ular turli urf-odat, rasm-rusum bilan bog‘liq bo‘lgan ma'nolarni ifodalaydi: Xormang, bor bo‘ling, salomatmisiz, omonmisiz, barakalla kabilar.
Rasm-rusum, odat undovlarining bir qismi hol-ahvol so‘rash, unga javob va shunga o‘xshash ba'zi takalluflarni bildirsa, ikkinchi bir xillari ragbatlantirish, minnatdorchilik tuyg‘ularini izhor etish uchun qo‘llanadi. Rasm-odat undovlari quyidagi ma'no ottenkalariga ega bo‘lishi mumkin: a)so‘rashish: xormang, bor bo‘ling, yaxshimisiz kabi; b) tabrik va xayrlashish: assalomu alaykum, sog‘ bo‘ling, xo‘sh, xo‘p kabilar.v) rag‘batlantirish, tashakkur, minnatdorchilik: marhamat, rahmat, shukur, qulluq, ofarin, qoyil kabilar.
Imperativ undovlar kishilarning diqqatini tortish, ogohlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarishga undash, to‘xtatish kabi ma'no ottenkalarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Buyruq-xitob undovlari ko‘proq tinglovchiga qaratilganligi bilan buyruq fe'llariga o‘xshab ketadi. Bu xil undovlar leksik grammatik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Imperativ undovlar avvalo ikkiga: a) odamlarga qaratilgan undovlar va b) xayvonlar va jonivorlarga karatilgan undovlarga bo‘linadi.
1.Odamlarga qaratilgan undovlarning bir guruhi xoy, ey, xey, allo, oy va b. kishilarning diqqatini so‘zlovchiga tortish uchun qo‘llanib vokativ xarakterga ega bo‘lsa, ikkinchi bir xillari ta'kid, buyurish kabi ma'nolarni ma, marsh, bos, kani, tek kabilar ifodalaydi: a)raxmat allo, o‘rtoq Omonov, salom: men Iskandarovman!;
b)Tiss,-dedi Sayyora barmog‘ini labiga qo‘yib,- gap boshladi (U.Umarbekov)
2. Xayvonlar va boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar, asosan xayvonlarni tuxtashga undash, chaqirish, xaydash, tinchitish kabi ma'nolarni ifodalaydi: Ularni asosan uchga:
a) xayvon va jonivorlarni chakirish uchun ishlatiladigan undovlar: bex-bex, chigi-chigi, tu-tu, pish-pish kabilar.
b) xayvon va jonivorlarni biron harakatdan tuxtatish uchun ishlatiladigan undovlar: dirr, trr, xush, tak kabilar.
v) Xayvon va jonivorlarni xaydash, biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan undovlar: chu, chux, pisht, kisht, ix, kish-kish kabilar. Mana bulmasam,-bola shunday deb kichkirarkan, chodir oldiga etganda uni ot qilib minib oldi.-Chu xa chu! (S.A.)
O‘zbek tilida emotsional undovlarga ham, imperativ undovlarga ham kiritib bo‘lmaydigan, lekin predmetlarning urnini ko‘rsatishga, bo‘lib o‘tgan voqeani eslatishga, javob-ta'kid ma'nolarini ifodalashga xoslangan bir guruh undov so‘zlar ham borki, ularni umumiy bir nom - "ko‘rsatish, ta'kid undovlari" deb atash ma'kul kuriladi.
Alohida guruh undovlarini quyidagi ma'no to‘dalariga bo‘lish mumkin:
a)ko‘rsatish ma'noli undovlar:-Xu-uv, anovi kirgokdagi tunukani ko‘rayapsanmi, -bizning avtobazamiz bo‘ladi.(Ch.Ayt.)
b) javob, ta'kid, mulohaza ma'nolarini ifodalaydi: Xa-xa-xa! kumir, taksir (A. Nesin.)
Dostları ilə paylaş: |