1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


Taqlid so‘zlar. Ularning Grammatik xususiyatlari, otlashishi, taqliq so‘zlarning sintaktik vazifasi; turlari: tovushga taqlid va shu’la harakatga taqlid so‘zlar



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə84/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
она тилидан қулланма

Taqlid so‘zlar. Ularning Grammatik xususiyatlari, otlashishi, taqliq so‘zlarning sintaktik vazifasi; turlari: tovushga taqlid va shu’la harakatga taqlid so‘zlar.

Mavzu rejasi
1. Taqlid so‘zlarning turlari:tovushga va obrazga taqlid so‘zlar.
2. Taqlid so‘zlarning to‘zilishiga ko‘ra turlari: sodda, juft(qo‘shma),takroriy taqlid so‘zlar.
3. Taqlid so‘zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo‘llanishiga ko‘ra turlari.


Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: taqlid so‘zlar, hayvon va jonivorlar tovishiga taqlid, tovushga taqlid, qattiq predmetlar tovushiga taqlid, obrazga taqlid, mexanizmlar tovushiga taqlid, jonli narsalar, o‘q otar qurollar tov. taqlid, jonsiz narsalar tovushiga, transportlar tovush, taqlid, taqlid, kishilar tovushiga taq, sodda taqlid so‘zlar: tub va tarkibiy sodda taqlid so‘zlar, takroriy taqlid so‘zlar,

1-savol bayoni:Taqlid so‘zlarning turlari:tovushga va obrazga taqlid so‘zlar.
Kishilar, boshqa jonli va jonsiz predmetlar va hodisalar chikargan tovushlar taqlidini - ularning turli xil ko‘rinishi, holat, harakatlari tasavvo‘rini ifodalovchi so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi.
Taqlid so‘zlarning bir xili tovushga taqlidni ko‘rsatsa, ikkinchi bir xili esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra ular ikki xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar;
2) obrazga taqlid so‘zlar.
Tovushga taqlid so‘zlar. Bo‘lar kishilar, jonivorlar, narsa va hodisalarning chikargan tovushlariga shartli ravishda taqlid qilish natijasida paydo bo‘ladi: tars-tars, tik, tuk-tuk, kars-kurs kabi.
Tovushga taqlid so‘zlarni kay holatda, nimaning tovushiga yoki taqlid kilayotgan bir jinsdagi narsalarning o‘zaro farqlariga qarab yana bir necha turlarga bo‘lish mumkin. Ya'ni ularning bir qismi jonli (inson, xayvon va x.k) ikkinchi bir qismi esa jonsiz predmetlarning tovushlariga taqlid natijasida paydo bo‘ladi.
1. Jonli predmetlar tovushiga taqlid so‘zlar.
a) Kishilarning harakatlaridan paydo bo‘lgan tovushlarga taqlid
so‘zlar: Xusayn Boykaro tovoqni kutarib, qatiqni chinakam ishtaxa...,
"xur-xur" ichar ekan, darvish g‘or og‘zida chuqqayib, javray boshladi.
(Oybek). Shux juvon ekan shekilli, cholni mashara qilib, piq-piq kulibdi. (X.G)
b) turli xayvon va jonivorlar tovushiga taqlid so‘zlar. Mo-o-o!
Bexosdan Ko‘rashtepa tomonidan sigir ma'radi.(S. Anorboev).
2. Jonsiz predmetlar tovushiga taqlid so‘zlar .
Jonsiz predmetlar tovushiga taqlid qilish asosida paydo bo‘lgan so‘zlar bir necha mayda gruppalarga bo‘linadi:
a) qattiq predmetlar tovushiga taqlid so‘zlar. Zanjir tak etib tushib, darvozaning bir tavakasi ochildi. (X.G) b) Har xil mexanizmlar, motorlar, transport kabilarning harakatlaridan va qurollardan o‘q uzish paytida paydo bo‘lgan tovushlarga taqlid so‘zlar: Mashina hademay to‘ldi, guldiradi, qars-qars qildi-yu, yurib ketdi. (M. Sholohov) v) gazsimon predmetlar va suyuqliklar harakatidan paydo bo‘lgan tovushga taqlid so‘zlar: Shamol yuzga gir-gir urar.(Sh.Sa'dulla)G‘uv-g‘uv shamol derazaga, eshikka urildi. (X.G)
Tovushga taqlid so‘zlarinig bu klassifikatsiyasi ularning hamma semantik gruppalarini va xususiyatlarini o‘z ichiga bekamu kust qamrab olmaydi. Bu o‘rinda tovushga taqlid so‘zlarning kishilar xayotida tez-tez uchrab turadigan gruppalari keltirilgan.Haqiqatdan esa, hayotda bu klassifikatsiyasidan chetda qoladigan taqlidiy
so‘zlar ham uchraydi: Amirkon kovushning g‘arch-g‘urch bosishdan va uzum donalarini tishlari orasida chars-churs ezishidan qandaydir bir tajanglik, betoqatlik bor edi. (M. Ism). Ko‘zlarini og‘irgina harakatlantirib, kema-ket chip-chip to‘kilmoqchi bo‘lgan xazonlarga qaradi va har bir yaproqni yuqoridan kuzatib, erga qo‘yaberdi. (A. Kaxxor)
Yuqoridagi misollarning birinchisi biror narsaning ezilishidan hosil bo‘lgan tovushni ko‘rsatsa, ikkinchisi bargning erga tushishidan hosil bo‘lgan tovushni ko‘rsatmokda. quyidagi misollar esa yana boshqacha harakterga ega: Ugillarni jiz-biz va dimoklarni kitiklagan yokimli xid kuchok ochib karshi oldi. (M.Ism) Karnayning vaka-vako, vaku-vaka degan tovushi eshitildi. (A.Kaxxor).
Obrazga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar eshitish bilan boglangan hodisalarni ifodalasa, obrazga taqlid so‘zlar ko‘rish bilan boglangan hodisalarni ifodalaydi. Predmetlarning holat, harakat, tashki ko‘rinishining hamda yoruglik tasvirining obrazli ifodasi sifatida maydonga kelib, tilda keng qo‘llanuvchi lip-lip, yalt-yalt, pildir-pildir, xang-mang tipidagi so‘zlar obrazga taqlid so‘zlar hisoblanadi.
Turmushda harakat va holat formalari kanchalik ko‘p bo‘lsa, til ham ularni ifodalovchi so‘zlarga shuncha boydir. M, alang-jalang - kishining biror narsadan xadiksirab yoki xayron bo‘lib, turli tomonga karashini ifodalovchi obrazga taqlid so‘z, jilpang-jilpang- ba'zi kishilarnig boshqa shaxslarga o‘zini yaxshi ko‘rsatish uchun qilgan noo‘rin harakatining obrazli ifodasi, mult-mult- ma'lum holatdagi (zorlanib, madad surab) karashni ifodalovchi obrazga taqlid so‘zlardir.
Obrazga taqlid so‘zlar semantikasidagi bu har xilliklarga ko‘ra bir necha gruppaga bo‘linadi:
a) harakatni , uning xarakteristikasini bildiruvchi obrazli so‘zlar. Bu so‘zlar ko‘proq kishilarning , narsa va jonivorlarning yurishi va boshqa xil harakatlaridan turli holatlarning obrazli ifodalanishi sifatida maydonga keladi: lip-lip, lop, likang-likang, ship-ship, kilpang-kilpang, salang-salang, jildir-jildir kabilar:
Saidiy lip etib kattakon butaning tagiga kirib ketdi. Nigoraning lablari uchdi, kipriklari pir-pir kilar, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kildi.
b) kishi va boshqa predmetlarning holatini, tashki ko‘rinishi tasvirini ifodalovchi obrazga taqlid so‘zlar. Bo‘lar asosan, narsalarning tinchlik, muvozanat holatini tasvirlaydi: Qudrat qanotlari lang ochiq kattakon temir darvoza oldida tuxtadi-yu, birdan G‘ulomjonning ikki bilagidan ushlab, yuziga tiqilib turib suradi.(M.I)
Uning qog‘ozida chizilgan bog‘larda mevalar xil-xil pishar edi.(M.I)
v) yorug‘lik tasvirini ifodalovchi taqlid so‘zlar. Bu gruppaga obrazli so‘zlarning asosiy qismi tusatdan bo‘lganlikni, keskinlikni, laxzalikni bildiradi.
Bundan tashqari obrazli so‘zlarning yukoridagi gruppalari kishi va boshqa narsalarning harakat va holatini ifodalasa, bu gruppa eruglik obrazini ifodalovchi so‘zlar sifatida maydonga keladi: U tinik ko‘kda so‘zaetgan tulin oyga, jivir-jivir nukra yuldo‘zlarga, kor bosib etgan chukkiga, soy buyidagi korongi olchazorga tikildi.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin