1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-savol bayoni: Taqlid so‘zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo‘llanishiga ko‘ra turlari



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə86/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
она тилидан қулланма

3-savol bayoni: Taqlid so‘zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo‘llanishiga ko‘ra turlari.
Taqlid so‘zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo‘llanishiga ko‘ra uchga bo‘linadi.
Har ikki komponent ham mustaqil qo‘llana oladigan juft so‘zlar: g‘ovur-g‘uvur, shov-shuv, givir-shivir.
Komponentlaridan faqat bittasi mustaqil qo‘llana oladigan juft taqlid so‘zlar: ivir-shivir, shaqir-shuqir. Ular harakati tezlashadi, hammayoqni temirning shakir-sho‘qiri sadosi kopladi. (O)
Asosiy ma'noni qaysi komponent anlatishiga qarab bu xil taqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
a) asosiy ma'no birinchi komponentda bo‘lgan taqlid so‘zlar: oramizad ham ishni orqaga suruvchi va'dabozlar , bel og‘ritmasdan non eyuvchi, shaldir-shuldir pul sanovchi tekinxo‘r shaxslar ham bor. Akram valatga o‘xshagan chaqqonlar fosix afandining u yon-bu yondan shilt-shilt o‘tib qoyavordi. (M. Ism).
b) asosiy ma'no ikkinchi komponentda bo‘lgan taqlid so‘zlar: Ahmad Xusayn haqguy kitoblar haqida Sharif Sulaymon bilan bahslasharkan, nogahon qiy-chuv ko‘tarib bir gala bola eshikdan kirib keldi. (O)
Har ikki komponenti ham mustaqil qo‘llanmaydigan juft taqlid so‘zlar: E'zozxon to‘shakni apil-tapil yig‘ib taxmonga olib borib tashladi-da, erga ko‘rpacha yozdi. (X.G‘). Sultonmurod majilisdagilarning gapidan Alisherning ham saroyda ekanligini angladi, gangir-gungir suhbatga quloq solib o‘tirdi. (O).
Taqlid so‘zlar gapda, asosan, xol va aniqlovchi bo‘lib keladi. Taqlid so‘zlar fe'larning oldida kelib, harakatning qay holatda, ravishda bajarilganligini ko‘rsatadi. Bunday xususiyatlari bilan ular ravishlarga ancha yaqin turadi va gapda xol vazifasini bajaradi: Piq-piq yig‘laysiz, xayitda kiyimsiz qolgan qizday o‘kinasiz, qo‘lingizni chekkangizga tirab ux tortasiz (O)
Taqlid so‘zlar otlardan oldin kelib predmetlarning tovush tomondan belgi-xususiyatlarini ko‘rsatib , gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Taqlid so‘zlar gapning kesimi vazifaisda ham kela oladi. Taqlid so‘zlar gapda kesim funktsiyasida kelishi uchun, asosan, juft yoki takroriy formaga o‘tadi: Tarvuzlar ham soy toshidek g‘uj-g‘uj. (B. Kerboboev) Shamol esardi g‘ir-g‘ir, yaproqlar shildir-shildir. (Q. Muhammadiy).
Taqlid so‘zlar otlashganda gapda ot bajargan vazifani bajarishi mumkin. Bosh kelishik formasida gapda ega vazifasini bajaradi: Bo‘lmasa shu ish tufayli bo‘lgan qanchadan-qancha shov-shuv odam bolasini esidan chiqadigan gap emas edi. («Mushtum»)
Taqlid so‘zlar otlashib tushum, chiqish, jo‘nalish kelishik qo‘shimchalarini olganda otlar kabi gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Issiqda quruqda g‘archillayotgan etigining qarchini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib, harsangga yaqinlashadi. (S. Anorboev).

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin