1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə87/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
она тилидан қулланма

Nazorat topshiriqlari:
1-topshiriq. Quyidagi keltirilgan juft taqlid so‘zlar qismlari ifodalayotgan ma'no xarakteridan kelib chiqib, ularni: 1) qismlari mustaqil qo‘llana oladigan, 2) qismlari mustaqil qo‘llana olmaydigan, 3) qismlardan biri mustaqil qo‘llana oladigan guruhlarga ajrating.
G‘uvir-chuvir, shov-shuv, alang-jalang, g‘ivir-shivir, vag‘ir-shag‘ir, vij-vij, tars-turs, vagir-vigir; ivir-shivir, shakir-shuqir, shaldir-shuldir, taraq-turuq, yalt-yult, shart-shurt, qars-qurs, qiy-chuv, g‘ala-g‘ovur, g‘idi-bidi, gangir-gungur, xang-mang, apil-tapil, apir-tapir.
2-topshiriq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan taqlid so‘zlar qismlari ifodalayotgan ma'no va ulardan qaysi birini mustaqil qo‘llay olish mumkinligini ayting.Qo‘ra orkasida arava gildiraklarining taqir-tuquri eshitildi. (X.G‘)
G‘uldur-shaldur, taraqa-turuq o‘zgarishsiz davom etadi. (A. Q.)
–Xay, ichkariga kir, chag‘ir-chug‘urdan qulog‘im bitdi.
Kampir piq-piq yig‘lab yubordi.Teatr ichi g‘ovur-g‘uvur bo‘lib ketdi. G‘ovur-g‘uvurning dami pasaydi. (S.A)Sotuvchi uzatgan papirosni kulga olib xang- mang bo‘lib qoldi. («Mushtum»)G‘ala-g‘ovur ichida allakimning baland ovozi yangradi. (M.I.)
3-topshiriq. Gaplardagi taqlid so‘zlarni topib, qismlar ifodalayotgan ma'noni tushuntiring.G‘uv-g‘uv uchar bolari, Duv-duv uchar bolari.
Viz-viz-viz, Qani toping, kim biz? Oltin qo‘ng‘giz. (Q. M)
Oramizda… shaldir-shuldir pul sanovchilar, tekinxo‘r shaxslar ham yo‘q emas. (Gazetadan.)Kucha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi keldi. (S.)
Karnay-surnaylarning g‘at-g‘ati bayram tongidan darak beradi.

Adabiyotlar:
  1. O‘zbek tili grammatikasi. 1 tom, Toshkent, 1975, 271-306.


  2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1 qism. Toshkent, 1980, 251-256.


  3. U. Tursunov va boshq. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1992. 280-287.


  4. Sodikova M. Hozirgi o‘zbek tilida sifat. Toshkent, 1974.


5.Boduen de Kurtene I. A. Izbranno‘e trudo‘ po obshemu yazo‘koznaniyu.-M. 1963 g.


6. Ferdinand de Sossyur. Kurs obshey lingvistiki.-Moskva. 1916 g.
7.Baskakov N .A. Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazo‘kov. 1969.
8.V.M, Solntsev Yazo‘k kak sistemno-strukturnoe obrazovanie, - M., 1971, 11-bet.
9.F.de Sossyur. Trudo‘ po yazo‘koznaniyu, 120-bet.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin