I II
III IV
V VI
Bunday ladlarda tonika rolini quloqqa yoqimli eshitiladigan
uch tovushdan iborat ohangdoshlik bajaradi. Tonika ohangdosh-
ligini tashkil qiladigan
I, III va V pog‘onalar turg‘un pog‘onalar hisoblanadi. Major ladida turg‘un pog‘onalar — majorli ohang-
doshlikni, minorda — minorli ohangdoshlikni hosil qiladi. Qol-
gan noturg‘un tovushlar ham, o‘z navbatida, noturg‘un ohang-
doshlikka yig‘iladi:
60- misol. Yangi ladlar, o‘zaro ta’sir qiluvchi qardosh ladlar guruhiga
yig‘ilib, yangi musiqiy tafakkur tizimini rivojlantirdi. Uning no-
mi —
major-minor ladlari garmonik tizimi. Ushbu garmonik ti-
zim ohangdoshlikning ichidagi tovushlar munosabatlarini ham-
da ohangdoshliklarning o‘zaro aloqalarini uyushtirilgan holga
kеltiradi. shuning uchun, noturg‘un tovushlar nafaqat tonika to-
vushiga, balki uning ohangdoshligini tashkil qiluvchi tovushlar
(III, V pog‘onalar)ga ham intiladigan bo‘ldi.
Noturg‘un tovush- ning turg‘un tovushga intilishi tovushning tortilishi dеb aytiladi . Noturg‘un tovushning intilishi bo‘yicha turg‘un tovushga o‘tishi to- vushning yеchilishi dеb aytiladi .
Ladning noturg‘un pog‘onalari tortilish tizimiga bo‘ysunib,
quyidagicha yеchiladi:
61- misol. VII pog‘ona faqat yuqoriga tortilib, I pog‘ona, tonikaga yеchi-
ladi.
VI pog‘ona faqat pastga tortilib, V pog‘onaga yеchiladi.
II va IV pog‘onalar ikki tomonga qo‘shni turg‘un tovushlar-
ga yеchilishi mumkin. Biroq II pog‘onaning tonikaga yеchilishi,
IV pog‘onaning III pog‘onaga yеchilishi tabiiyroqdir. Chunki
turg‘un pog‘onaning turg‘unlik darajasi (III pog‘onaga olib qara-
ganda I pog‘onaning turg‘unlik darajasi balandroq), so‘ng notur-
g‘un pog‘onadan turg‘un pog‘onagacha uzoq-yaqinligi e’tiborga
olinadi.
43