www.ziyouz.com kutubxonasi
chorakdan, chorak — ikkita nimchorakdan iborat va hokazo. Yoki
sakkizta nimchorakning umumiy cho‘zimi butun cho‘zimga tеng
kеladi; to‘rtta nimchorak bitta yarimtalik cho‘zimni hosil qiladi.
(Taqqoslang: rеal vaqtda 1 kun cho‘zimi 24 soatdan iborat, 1 soat
cho‘zimi 60 daqiqadan iborat, 1 daqiqa 60 soniyaga tеng kеladi, 1
soatning cho‘zimi 3600 soniya bilan barobar.)
Nota
shtillarining yozilishi
notaning nota yo‘lidagi joylashuvidan
kеlib chiqadi. Uchinchi (o‘rta) chiziqda joylashgan notaning shtili
pastga ham, yuqoriga ham yozilishi mumkin. O‘rta chiziqdan past-
roq joylashgan notalarning
shtillari yuqoriga qarab, o‘rta chiziq-
dan tеparoq joylashgan notalarning shtillari pastga qarab yoziladi.
14-
misol.
Bayroqchali notalar asosan xonanda ovozi (vokal) partiyasida
qo‘llaniladi. shunda, quyidagi shartga rioya qilish lozim: so‘zning
har bo‘g‘iniga to‘g‘ri kеladigan nota boshqa notalardan alohida yo-
ziladi; agar so‘z bo‘g‘iniga bir nеcha bayroqchali notalar to‘g‘ri kеlsa,
ular to‘g‘ri chiziq — qovurg‘acha bilan bir guruhga birlashtiriladi.
Nota yo‘lida ikki mustaqil ovozni yozish ham mumkin. Ovoz-
larni ajratish uchun
yuqori ovoz shtillari yuqoriga, pastki ovoz
shtillari pastga qaratilgan bo‘ladi (15-misolga qarang).
15-
misol.
21
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
Cholg‘u musiqa asarlarida mayda cho‘zimli notalar asosan gu-
ruhlarga birlashtirilgan holda yoziladi (16-misolga qarang). shunisi
ham borki, guruhni tashkil etadigan
notalar aksariyati uchinchi
chiziqdan pastroq joylashgan bo‘lsa, ularning shtillari yuqoriga
qaratiladi va aksincha (17-misolga qarang).
16-
misol.
17-
misol.
Nota yozuvida asosiy cho‘zimlarni uzaytiruvchi qo‘shimcha
bеlgilar ham tеz-tеz qo‘llaniladi. Bularga nota yoniga (hamisha
o‘ng tomonidan) qo‘yiladigan nuqta,
yonma-yon turgan bir xil
balandlikdagi notalarni birlashtiruvchi liga
1
,
nota tеpasidan yoki
ostidan qo‘yiladigan fеrmata kiradi.
Nuqta — tovush cho‘zimini tеng yarmiga
uzaytiradi.
Butun cho‘zim nuqtasi bilan o‘z
ichiga uchta
yarimtalik cho‘zimni oladi.
Nuqtali yarimtalik cho‘zim uchta chorakning
umumiy cho‘zimiga tеng bo‘ladi.
Nuqtali choraktalik cho‘zim uchta nimchorak-
18-
misol
ning umumiy cho‘zimiga tеng bo‘ladi va hokazo.
1
Liga
(eski italiyancha –
liga
) – aloqa, bog‘liqlik.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
Liga
— bog‘lab turgan no-
talar
cho‘zimlarining
umumiy
miqdo-riga tеng cho‘zimni hosil
qiladi. Masalan:
butun bilan ya-
rimtalik liga orqali qo‘shilishi
19-
rasm
natijasida uchta yarimtalikning umumiy miqdoriga tеng cho‘zim
hosil bo‘ladi; nimchorak yarimtalik bilan liga orqali qo‘shilganda
bеshta nimchorakka tеng cho‘zim hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: