Tub va murakkab sonlar. Birga va faqat o‘ziga bo‘linadigan sonlar tub sonlar deyiladi. Masalan: 2, 3, 5, 7, 11, …
Ikkitadan ortiq bo‘luvchiga ega bo‘lgan sonlar murakkab sonlar deyiladi.
Masalan: 4, 6, 8, 9, 10, 12, …. .
1 soni tub ham murakkab ham emas.
Demak natural sonlar to‘plami 3 guruhga bo‘linar ekan: Tub sonlar to‘plami, murakkab sonlar to‘plami, bitta 1 elementdan iborat to‘plam.
Teorema:1 dan katta ixtiyoriy natural sonni tub sonlar ko‘paytmasi shaklida yagona usulda yozish mumkin. Bu teorema arifmetikaning asosiy teoremasi deyiladi.
I s b o t:a1– murakkab son, q1 esa uning eng kichik tub bo‘luvchisi bo‘lsin. a1 ni q1 ga bo‘lamiz: a1 = q1 . a2 (a2< a1).
Agar a2 tub son bo‘lsa, a1 son tub ko‘paytuvchilarga yoyilgan bo‘ladi. Aks holda, a2 ni o‘zining eng kichik tub bo‘luvchisi q2 ga bo‘lamiz: a2=q2.a3 (a3 < a2).
Agar a3 tub son bo‘lsa, a1 = q1 . q2 . a3 bo‘ladi. q1, q2, a3 sonlari tub sonlar bo‘lgani uchun, a1 soni tub ko‘paytuvchilarga yoyilgan bo‘ladi. Agar a3 murakkab son bo‘lsa, yuqoridagi jarayon davom ettiriladi.
a1 > a2 > a3 > . . . ekanligidan ko‘rinadiki, bir necha qadamdan so‘ng albatta antub soni hosil bo‘ladi va a1 soni a1 = q1 . q2 . ... . anshaklni oladi. Demak, har qanday natural son tub ko‘paytuvchilarga yoyiladi.
a soni ikki xil ko‘rinishdagi tub ko‘paytuvchilar yoyilmasiga ega bo‘ladi, deb faraz qilaylik: a = p1 . p2 . ... . pk, a = q1 . q2 . ... . qn. U holda q1 . q2 . ... . qn = p1 . p2 . ... . pk. tenglikning ikki tomonida hech bo‘lmaganda bittadan tub son topiladiki, u sonlar bir-biriga teng bo‘ladi. p1 = q1 deb faraz qilaylik. Tenglikning ikkala tomonini p1 = q1ga qisqartirsak q2 . ... . qn= p2 . ... . pk bo‘ladi. Bu tenglik ustida ham yuqoridagidak mulohaza yuritsak,
q3 . ... . qn= p3 . ... . pkbo‘ladi va hokazo. Bu jarayonni davom ettirsak, n - 1 qadamdan so‘ng 1 = pn +1 . ... . pk tenglikni olamiz. Bundan pn +1 = 1, ..., pk= 1 ekanligi kelib chiqadi. Demak, yoyilma yagona ekan.
Natural sonning tub bo‘luvchilari orasida bir xillari uchrasa ular ko‘paytmasini daraja shaklida ifodalash qulay bo‘ladi, ya’ni (1). Bu yerda p1,p2,…,pn-turli tub sonlar, k1,k2,…,kn-natural sonlar. Bu yoyilma kanonik shakl yoki natural sonni tub ko‘paytuvchilarga yoyish formulasi deyiladi.