1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə35/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Ichki quloq. Ichki quloq yoki labirint chakka suyagining tosh­simon qismi ichida joylashgan bo‘lib. tashqi tomondan suyakdan, ichki tomondan esa uni takrorlovchi parda labirintidan iborat. Labirint uch qismga: dahliz (vestibulum), yarim halqasimon kanallar va chig'anoqqa bo'linadi.
Suyak va parda labirint o'rtasi perilimfa suyuqligi bilan to‘la, perilimfa orqa miya suyuqligidir.
Labirint uzunligi — 15 mm, kengligi — 8 mm, balandligi — 10 mm dir.
Suyak labirint. Suyak labirint dahlizining uzunligi 6 mm, kengligi 3,5 mm va balandligi 5—6 mm.
Labirint dahliziga 2—3 tomchi suyuqlik sig'adi. U tashqi to­mondan o‘rta quloqqa qaragan boiib, yumaloq va yassi darchalar orqali o‘rta quloqning nog'ora bo‘shlig‘iga tutashadi. Orqa tomondan beshta leshik yordamida uchta yarim doira shaklidagi halqa bo‘shlig‘i bilan birlashgan. Labirint dahlizi old tomonga nisbatan kattaroq teshik orqali chig'anoqqa o'tib ketadi. Labirint dahlizining 8 ta teshigi bor, 5 tasi yarim doirasimon halqalarga, ikkitasi o‘rta quloq bo‘shlig‘iga va bittasi chig‘anoqqa ochiladi.
Crista vestibuli deb ataluvchi qirra, labirint dahlizining ichki tomonida joylashgan bo‘lib, u dahliz ichini chuqurchaga ochi­ladi. Dahliz suyuqlik yo‘li, labirint bo‘shlig‘ida joylashgan perilimfa suyuqligini miyaning qattiq po'stlogM ostidagi bo‘shliqqa qo'yadi.
Yarim halqasimon suyak kanallari. Bu kanallar uchta: gorizontal, frontal, sagittal yarim halqasimon kanallardir. Ular o‘zaro bir-biriga tik joylashgan.
Chig‘anoq suyak kanaldan iborat bo‘lib, tik o‘qqa ikki yarim marta gajak hosil qilib o'ralgan, uning tashqi ko'rinishi xuddi chig‘anoqni (shiIIiqqurt) eslatadi.
Chig'anoqdan bo‘shlig‘i ichiga spiral suyak plastinkasi (yupqa tangasimon) buralib, aylanma holida lamina spira­lis osseaga chiqadi. Bu plastinka chig'anoq bo‘shlig‘ini ikkiga, ya’ni dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoni-scala vestibuli va chig'anoq teshigi orqali nog"ora bo‘shlig‘iga olib kiradi. Spi­ral (burma) suyak plastinkasi bilan spirali joylashgan. Spiralidan chiquvchi periferik tolalari suyakdan iborat spiral (burama) plastinkadagi mayda tor kanalchalar orqali o‘tib, Kortiy a’zosiga borib to‘xtaydi.
Parda labirint — devori biriktiruvchi to‘qima pardadan luzilgan bo'shliq va kanallardan iborat. U suyak labirint ichida, ana shu labirint shaklini qaytarib, boLshlig‘ini qo‘sh qavat qilib yotadi. Parda labirint ichidagi suyuqlikni endolimfa deyiladi.
Parda labirint ichki quloq dahlizi sohasida ikkita bo‘shliq: bachadoncha va qopchalarni hosil qiladi. Pardadan tuzilgan ya­rim halqasimon kanallar shaklan yarim suyak halqasimon kanallarga o‘xshasa ham ulardan uch marta torroq. Yarim halqasimon kanallar oyoqlarining kengaygan qismida pardali yarim halqasi­mon kanallar ham kengaygan, bu yerning ichki yuzalarida ampula qirrasi (taroqsimon crista ampuliaris) bo'lib, bu qirralar sohasida tayanchli va unda neyroepitelial qilsimon (tuksimon) hujayralar joylashgan.
Bachadoncha va qopcha sohalarining ich tomonida oq dog'lar bor, bular yassi epiteliydan vujudga ketgan. Oq dog'lar yuzasi shilliqsimon modda (otolit parda) bilan qoplangan va uning tarkibida mayda ohak zarrachalari mavjud. Ular olti qirrali shaklda bo'lib, kalsiy va magniy tuzlaridan tuzilgan otolitlar deyiladi.
Pardadan iborat chig'anoq, suyak chig'anoqning 1/4 qismini tashkil qilib, boshlanishda boshi berk (tutash) bo'ladi. U suyak chig‘anoqning yo'lini takrorlaydi, ya’ni ikki yarim aylana hosil qiladi va boshi berk holda chig'anoq cho'qqisida tugaydi.
Chig'anoq sohasida endolimfa dahliz va chig'anoq narvonlari orasida bo‘ladi. Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, par­da chig‘anoqning uchiga borganda nog'ora narvoniga qo'shiladi.
Pardadan tuzilgan chig'anoq yo'li suyak chig'anoq ichida joy­lashgan bo'lib, ichida eshituv a’zolari joylashgandir.
Suyak spiral (burama) kanal ichidagi parda spiral kanal bi­lan birga aylanib, parda chig'anoqning tashqi devori, suyak kanalining tashqi devoriga borib qo'shilib ketganligi uchun parda chig'anoq ostki tomonda suyak spiral kanalga tegib yotadi.
Uchburchak shakliga ega bo'lgan kanalning yuqori (dahliz narvoniga qaragan) tomoni-membrana vestibularis (Reissneri) bi­lan, ostki tomoni asosiy plastinka — membrana basilaris bilan chegaralangan bo'lib, bu devor bag'rida eshitish apparati — Kortiy a'zosi joylashgan. Membrana basilarisda bir necha mitig fibrozli tolalar tortilgan, bular turli xil tovushlarni turlicha rezonanslash (yangratib berish) vazifasini bajaradi. Bu torlar ustida Kortiy a’zosining epitclial hujayralari joylashgan, bular orasida eshituv hujayralari bor.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin