1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə38/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Yosh bolalarda o‘tkir otit. Bolalarda uchraydigan ohkir otitning o‘ziga xos xususiyatlari, ayrim hollarda o‘zgacha kechadi, ya’ni boshqa a’zo sistcmalari xastaliklari (raxit, zotiljam, O'RK, me’da-ichak kasal 1 iklari)da, tez-tez qusishda qusiq massasi keng va kalta eshituv nayi orqali o'rta quloqqa tushadi va kasallik rivojlanadi. Kolkrak yoshidagi bolalarda kasallikni kechishi ishtahaning pasayishi va ko'krakni emayotgan paytida chinqirab yigiashi bilan kechadi. Otoskopiya manzarasi ishonchli bo'lmaydi — nog'ora parda bola chinqirab yig'layotgan paytda qizaradi, lekin quloqda hech qanday kasallik sezilmaydi. Bu paytda nog‘ora parda kulrang ham bo‘lishi mumkin, quloq suprasiga bosib kolrilganda kuchli og'riq bo'ladi. Chunki bolalarda eshituv yoMi suyaklanmaganligi uchun kalta boladi, bunda supachaga bosish yalliglangan nog'ora pardaga bosish bilan barobar. Bola kasal qulog‘ini yostiqqa bosib yotadi. Bu yoshda so'rg'ichsimono'simtasi ya 11 ig‘lanishi—antrit deyiladi. Bu holatda bajariladigan operatsiya antrotomiya deyiladi.
  1. Otoreya — quloqdan yiringli ajralmalarning 6 va undan ko'p hafta bo‘lishi. Yiringli ajralmalar doimo yoki vaqti-vaqti bi­lan boiishi mumkin.


  2. Nog'ora pardada perforatsiya bo'lishi (ko‘p hollarda atrofi qalinlashgan bo'lishi).


  3. Eshitishning pasayishi, kechishiga qarab bosh aylanishi, quloqda shovqin bo'lishi, bosh og'rishi va h.k. O'rta quloqning surunkali yiringli yallig‘lanishi 2 xil ko'rinishda bo'ladi: epitimpanit, mezotimpanit. Surunkali yiringli mezotimpanit o'rta quloq shilliq qavatining o‘rta va pastki qismining yallig'lanishi bilan kechadi. Bemorlar eshitishning pasayishi va quloq­dan yiringli ajralma ajralishiga shikoyat qiladilar. Perforatsiya nog'ora pardaning tarang qismida bo'ladi. Quloqdan ajralayotgan ajralma shilliqli, shilliq-yiringli va hidsiz bo'ladi. Mezotimpanitning qo'zish sabablari: quloqqa suv tushishi, yuqori nafas yo'llari kasalliklari va boshqalar. Xuruj davrida yi­ringli ajralma ko'payadi, quloqda og'riq paydo bo'ladi, harorat ko'tariladi, cshitish konduktiv tipda pasayadi. Eshitishning pasayishi perforatsiya kattaligiga bog'liq bo'lmay, balki o'rta quloqdagi eshitish suyakchalarining harakatiga va chig'anoq darchasi membranasi harakatiga bog'liq bo'lib, 40—50 Db dan kam bo'lmaydi. Eshitishi pasaygan bemorlarning 50%ida quloqda past chastotali shovqin kuzatiladi. Surunkali yiring­li epitimpanit ancha og'ir kechadi. Kasallik asosan nog'ora bo'shlig'ining yuqori qismida kechadi, jarayon o'rta va pastki qismlarga, nog'ora bo'shlig'i suyagi devoriga, eshitish suyakchalariga ham tarqalishi mumkin. Yallig'lanishning nog'ora bo'shlig'i ustki qismida bo'lishiga sababi, bu yerda shilliq qavatda burmachalarning bo'lishidir. Nog'ora pardadagi perfo­ratsiya uning bo'shashgan qismi yoki suyak qismida bo'ladi. Ajralma qo'lansa hidli bo'ladi, sababi suyak chirishi va purinlarning (indol, skatol) ajralishi va anaerob infeksiyaning qo‘shilishidir. Eshitishning pasayishi mczotimpanitnikiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Eshitish pasayishining aralash turi ko‘proq uchraydi. Otoskopiyada yiring, granulyatsiya, polip va xolestatomani ko‘rish mumkin.





Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin