1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə39/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Xolestatoma — teri epidermal qismining konsentrik holda yig'ilishi va ularning parchalanishidan hosil bo'lgan xolesterin massadir. Odatda u qo‘shuvchi to‘qimadan iborat parda — matriks hosil qiladi. Matriks ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan va suyakka jips yopishgan, hatto o'sib kirgan boiishi mumkin. Xolesteatoma suyak to‘qimasini kollagenaza fermenti bilan destruksiyaga uchratib, hattoki yuz nervining kanalida fis­tula hosil qilishi mumkin, natijada labirintit va yuz nervining falaji paydo bodadi.
Yiringli labirintit o‘ta xavfli bo‘lib, ichki quloqning nerv hujayralari o'lib, infeksiya miya tomonga o‘tib ketadi. Xolesteatoma borligini aniqlashda chakka suyagini Shyuller va Mayer bo'yicha rentgenografiya qilish alohida ahamiyatga ega.
Surunkali yiringli otitlarni davolash konservativ va jarrohlik usulida bo‘ladi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining suyak qismida jarayon yo‘qligi kasallikni konservativ davolashga ko‘rsatmadir, suyak kariyesi va xolesteatomada esa jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi. Har bir bemorni davolash nevropatolog, okulist, terapevt shifokorlari bilan birga olib boriladi. Kasallikni davolashda nog‘ora bo'shlig'i tozalanadi, granulyatsiya va poliplar olinadi. Bundan tashqari, antibakterial, immunomodulyatorlar, so'riltiruvchilar, dezintoksikatsion, desensibilizatsion va mahalliy davo qo‘llaniladi. Jarrohlik amaliyoti 2 maqsadni o‘z ichiga oladi:
  1. Chakka suyagidan patologik o'choqni olib tashlash va miyaga yiringli protsess tarqalishining oldini olish.


  2. Tovush o'tkazuvchi yo‘lning funksional holatini tiklash, eshitishni yaxshilash.


Birinchi maqsadni amalga oshirishda radikal usul qoMlaniladi. Radikal jarrohlik usulini qo'llashga nuitloq ko'rsatmalar:


  1. o’rta quloq suyagining kariyesi.


  2. Xolesteatomaning borligi.


  3. Surunkali mastoiditning bo'lishi.


  4. Yuz nervi falaji.


  5. Labirintit.


  6. Jarayonning miya ichiga tarqalishi.


Miyacha ichi asoratlari.


Etiologiyasi: streptokokk, stafilokokk, protey, ko‘kyiringtayoqchavah.k. Palogenezi: mikroorganizmningmiyaichigakirishyo‘llari:
  1. Kontaktyo'l — infeksiyachirigansuyakdanto'g'ridanto'g'rimiyachanog'igakiribboradi.


  2. Tabiiy yo'llar orqali, ya’ni qon-tomir va nerv tolalari bo'ylab.


  3. Labirintit yo‘li — bunda infeksiya nerv tolalari bo'ylab ichki eshituv yo'li orqali perilimfatik tarqalishi mumkin.


  4. Limfogen.


  5. Gemotagen.


Otogen meningit.


Kasallikningasosiybelgilari: engbirinchivako'puchraydigansimptomiqattiqboshog'rig'i, ko'ngilaynishi, qusish. Bemorning umumiyahvoliog'ir, kasallikavjolgansaribemorhushidanketadivaalahsiraydi, boshiorqagaegilgan, oyoqlaritanagabukilgan, tanaharorati 39°—40°C, yurakurishitezlashgan, meningeal belgilarikuzatiladi.
Miya va miyachaning otogen abssessi.
Miya abssessi asosan miyaning chakka qisinida uchraydi va miya qobig'iga yaqin joylashgan bo'ladi. Bu holda infeksiyaning o'rta quloqdan miya ichiga tarqalishi to'g'ridan to'g'ri bo'ladi.
Abssessning klinik ko'rinishi joylashgan joyiga, kattaligiga va absscss joylashgan joydagi to'qimaning reaksiyasi va rivojlanish bosqichiga bog'liq bo'ladi. Kasallikning yuzaga kelishida 4 bosqichni ko'rish mumkin:
  1. boshlang'ich;


  2. yashirin;


  3. aniq belgilar;


  4. terminal.


Boshlang‘ich bosqichi 1—2 hafta davom etadi va bosh og‘rig‘i, bo‘shashish, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi va qusish bo'ladi. Bular miya abssessining ensefalit bosqichi ham deyiladi.


Yashirin-latent bosqichi 2—6 hafta davom etadi. Bu davrda yuqorida sanalgan belgilar yo‘qolib ketadi yoki kamayadi.
Aniq bosqichi 2 hafta davom etadi. Bu bosqichda juda ko‘p belgilar paydo bo‘ladi. Ularni shartli ravishda 4 guruhga bo‘lish mumkin.
  1. Guruhsimptomlariyiringliholatgaxosbelgilar — bo‘shashish, ishlahaningpasayishi, ichningyaxshiyurmasligi, tilningkarashligi, qondagiyallig'lanishgaxoso'zgarishlar.


  2. guruh simptomlari — umumiy miya kasallanishiga xos simptomlar bilan miya bosimining oshishi kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i, bradikardiya, ko‘z tubidagi o‘zgarishlar, bo'yin mushaklarining qotishi va Kerning simptomi musbatligi.


  3. guruh simptomlari — miya qobig'i ostidagi yadrolar va miyadagi o'tkazish yodlarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan belgilardir. Bunga bir tomonlama bo‘ladigan falajlar va shollar kiradi. Abssessda qarama-qarshi tomonda yuz nervining markaziy falaji kuzatiladi. Ko‘z nervining paralichi, tutqanoqlar, piramidal, Babinskiy va Oppengeym simptomlari paydo bo'ladi.


  4. guruh simptomlari abssessning qayerda jovlashganligini ko‘rsatuvchi belgilardir. Amnestik va sensor afaziya mavjud bo'ladi.


Miyacha abssessida — miyachaning jarohatlangan tomondagi mushaklarda tonus pasayishi ro'y bcradi. Ataksiya — harakat koordinatsiyasi buziladi. Miyacha absscssiga xos bo'lgan simptom adiodoxokinezdir.


Qonda leykotsitlarning ko'payishi va SOE ortishi bilan (20— 70 mm) orqa miya suyuqligi bosimi oshadi, rangi o‘zgarmaydi,oqsil miqdori va hujayralar soni qisman ko‘payadi (subaraxnoidal bo‘shliqda).
Miya va miyachalarda abssessni aniqlashda elektroensefalografiya, exografiya, reografiya, vcntrikulografiya, angiografiya va kompyuterli tomografiya tekshirishlari ahamiyatga ega.
Terminal bosqich bir necha kun davom etadi va miya shishi, hayoliy muhim markazlarning falajlanishi va abssessni miya qorinchalariga yorilishi bilan bemor vafot etadi.
Miya va miyachalarda abssessni meningitdan, yiringsiz lokal ensefalitdan, yiringli labirintitdan farqlashimiz kerak.
Otogen sepsis — o‘rta quloqning o'tkir yoki surunkali yiringli yallig‘lanishida infeksiyaning qon tomirlarga kirishidir. Bu ve­na tomirlari miya qattiq pardalarining sinuslari orqali yoki limfa tomirlari orqali otogen sepsis ko‘p hollarda sigmasimon si­nus devorining yallig‘lanishidan boshlanadi. Uni tashqarisiga yiringni yigilishini perisinoz abssess deyiladi. Keyinchalik bu yerda sinusni o‘zi yalliglanadi: pereflebit, sinus devorida tromb hosil bo‘ladi, keyinchalik sinusni butunlay to‘sadigan tromb hosil boiib, sinusda qon aylanishi to‘xtaydi. Kasailiк rivojlanishi bi­lan tromb o‘sib kattalashadi. U miya tomoni, ikkinchidan yurak tomoniga qarab o‘sishi mumkin. Tromb parchalanishi va infeksiyalanishi yiringni kichik va katta qon aylanish doirasiga tushishiga yo‘l ochadi.
Otogen sepsis simptomlarini koTib chiqamiz: uning belgilari 2 guruhga bo'linadi:
  1. Umumiy simptomlar.


  2. O'choqlisimptomlar — kattavenatomirlariningjarohatlanishidankelibchiqadi — qattiqmiyapardasisinuslarivaichkibo‘yinturuqvenasi.


Umumiy belgilari: bemorning tana harorati tez va yuqori ko'tariladi — 39—40°C, et uvishadi, bir necha soatdan keyin harorat yana pastga tushadi. Puls tezlashadi. Bemorning tcrisi oqaradi va yer rangida bo‘ladi. Ayrim hollarda tcri va ko‘z sklerasi sarg'ayadi.


Otogen sepsis vaqtida yiring boshqa a’zolarga: o‘pkaga, bo‘g‘imlarga, teri ostiga, mushaklar orasiga metastaz berishi mumkin. Bu bemorning ahvolini og‘irlashtiradi.
O’choqli simptomlarga quyidagilar kiradi:
  1. Grizenger simptomi — so‘rg‘ichsimon o‘simtaning orqasida teri qizarib shishib, ushlaganda og'riq beradi. Bu yerda komissar venalar sigmasimon sinus bilan qo'shilgan joyidir.


  2. Uayting simptomi — so‘rg‘ichsimon o'simtaning oldi tomoni bosib ko‘rilganda og‘riq beradi va bemor boshini kasal quloq tomonga egadi.


  3. Fossa simptomi — vena Jugularis auskultatsiya qilib ko‘rilganda, unda hech qanday qon harakati eshitilmaydi.


Otogen sepsisni davolashda bemorga o‘z vaqtida to'g'ri tashxis qo‘yib, jarrohlik usulini qo‘llab, kuchli antibiotiklar va degidratatsiya qiluvchi dorilarni qo‘llash bemor hayotini saqlab qoladi. o’tkir yiringli o‘rta otitda antrotomiya, surunkali o‘rta otitda esa radikal jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Otogen meningitda o‘rta va orqa miya bo’shliqlari ochiladi.


  1. Miya abssesslarida igna bilan yiring tortib olinib, abssessning ichi antiseptik dorilar bilan yuviladi.


  2. Ochiq usuli — igna bo‘yicha yiring ochilib, abssess ichiga yiring chiqib turadigan drenaj qo'yiladi.


  3. Abssessni qobig‘i bilan olib tashlash. Bizda asosan ikkinchi usul qo‘llaniladi.


Bemorlarga ko‘rsatiladigan jarrohlik usulidan tashqari bir qancha dori-darmonlar ham qo'ilaniladi. Penitsillin vena tomiriga 20.000.000 YeD birligida, ampitsillin 5 g bu ham vena tomiriga. Ko‘p hollarda seporin va ristomitsin ham yaxshi ta’sir qiladi. Agar yiringda ko‘k yiring tayoqchasi topilsa, unda gentamitsin va kobenilsillin yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yashin tezligidagi boshlangan meningitda kefzol (sefazolin)ni 500 mg dan 4 maria qo'ilash foydalidir. otit, antrit, mastoidit, kataral otit, aerootit.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin