1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə33/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Tashqiquloq —quloqsuprasivatashqieshituv yoyidaniborat. Quloqsuprasibirinchi Jabra yorig’inio‘rabturganmezenximato'qimasibilanqoplangan. Embrion rivojlanishining ikkinchi oyi davomida quloq suprasi sohasida oltita do‘mboqcha hosil bodadi. Dodnboqchalar o‘rtasidagi chuqurcha ichkariga qarab o‘rta quloqqa o‘sib kiradi va tashqi quloq yodini hosil qiladi. Quloq do'mboqchalarining rivojlanishi va ularning birlashib ketishi natijasida quloq suprasi yuzaga keladi. Quloq suprasi kalla suyagining pastki jag‘ bo‘g‘imi va so'rgdchsimon o‘siqchaning o‘rtasida joylashgan.
Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan clastik tog‘aydan tuzilgan. Uning orqa sathi bir tckisda silliq, botiq sathi oldinga qaragan, yarim oy shaklidagi teri burmalari va ular orasida hosil bodgan chuqurchalardan iborat. U yosh bolalarda juda yumshoq va qayishqoq bodadi.
Tashqi eshituv yo‘li. Quloqning tashqi teshigi bilan nog'ora parda oraligdda joylashgan «S»simon yod bodib, uning uzunligi yosh bolalarda 20—25 mm. Kanal oxirida quloq pardasi, ya’ni nog‘ora parda joylashgan, u tashqi quloqni o‘rta quloqdan ajratib turadi. Chaqaloq va yosh bolalarda tashqi quloq yodining suyak qismi rivojlanmagan.
Eshituv yo‘lining tog ‘ay qismini sertuk teri qoplagan bodib, u quloq chirkini ishlab chiqaradi. Eshituv yodi tog'ay qismining old va pastki devorida bir nechta yoriqchalar bor: ular santorin yoriqchalari deb yuritiladi.
Bu yoriqchalar orqali yalligdanish jarayoni tashqi eshituv yodidan quloq oldi beziga va aksincha, quloq oldi bezidan tashqi eshi­tuv yodiga o‘tishi mumkin.
Tashqi quloq tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari orqali qon bi­lan ta’minlanadi.
Sezuvchi nervlarga uch shoxli nerv tarmoqlari (tolalari) bilan bir qatorda, adashgan ncrvning quloqqa keladigan tarmogd ham qatnashadi.
Nog'ora parda — tashqi eshituv yodini o‘rta quloq bo‘shligddan ajratib turadi. Tashqi eshituv yodining suyak qismi aylana shaklidagi tarnovcha bilan tugaydi, nog'ora pardaning cheti shu tarnovchaga joylashadi.
Parda yupqa, bolalarda doira, kattalarda oval (yassi) shaklda bo‘ladi. Chaqaloq quloq pardasining yuza epidermis qavati qalin bo‘lib, yosh ulg‘aygan sari asta-sekin nog‘ora pardasi zichlashadi (taranglashadi) va juda yupqalashib qoladi.
o’rta quloq.o’rta quloq bir-biri bilan bevosita tutashgan nog‘ora bo‘shlig'i, so'rg'ichsimon o‘siq va halqum bilan nog‘ora bo‘shlig‘ini qo'shib turuvchi eshituv nayidan tashkil topgan.
Nog‘ora bo‘shlig'i va eshituv nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga rivojlangan. o’rta quloq bo‘shlig‘i chakka suyagi toshsimon o‘sig‘ining ichida joylashgan bo‘lib, embrion rivojlanayotgan davrda u suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bola tug‘ilib, bir necha soat nafas olgandan so‘ng, u suyuqlik havo bilan alinashinadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i. Nog‘ora bo‘shlig‘i quloq pardasi bilan labirint o'rtasida joylashgan, hajrni 1 sm3 ga teng.
Nog‘ora bo'shlig'ining olti devori tafovut qilinadi:


2-rasm.



  1. Yuqoridevor— nog‘orabo‘shlig‘ining tomi yupqa suyak qatlamidaniboratbo‘lib, unog‘orabo‘shlig‘inikallatubiningo'rtachuqurchasidanajratibturadivaustidanmiyaningchakkabo‘laginiqoplabyotganqattiqmiyapardasibilanyopilganbo‘ladi.


  2. Pastki devor yoki bo‘yinturuq venasiga qaragan devor — nog‘ora bo‘shlig‘ining tubini tashkil qiladi. Yosh bolalarda bu devorning suyak qismi yupqa bo‘ladi.


Nog'ora bo‘shlig‘i yiringli yallig‘langanda, yiring shu sohada to‘planadi, suyakning chirishi natijasida bo'yinturuq venasiga o‘tib, turli xil asoratlar berishi mumkin.


  1. Oldingi devorning yuqori qismida eshituv nayining teshigi, undan pastroqda esa ichki uyqu arteriyasi va uni o'rab olgan ve­na chigallarini chegaralab turuvchi suyak plastinkasi joylashgan.


  2. Orqa devor — so‘rg‘ichsimon o£siqqa qaragan devoridir. Nog‘ora bo‘shlig‘ining bu devori yuqoridan antrum bilan tutashadi, bu yo'l so‘rg‘ichsimon o'siqchadagi doimiy katta g‘or (an­trum) bilan bog'langan.


  3. NogLora bo‘shlig‘ining ichki (medial) devori — ichki quloqqa qaraganligi uchun labirint devori deb ataladi. Bu devor ich­ki quloqni o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Devorning qoq o‘rtasida bo'rtib chiqqan do'nglik bor. U ichki quloq chig‘anog‘ining turtib chiqishidan hosil boiadi. Do‘nglikning orqa va past­ki qismida chig'anoqqa kiradigan yumaloq (oval) darcha nog‘ora parda bilan qoplangan.


  4. O‘rta quloqning tashqi yoki lateral devori — tashqi quloq yo‘li va nog‘ora bo‘shlig‘ini ajratib turuvchi quloq pardasidan ibo­rat.


Nog‘ora bo‘shlig‘ida bolg‘acha, sandoncha va uzangi deb ataladigan uchta eshituv suyakchasi joylashgan. Bu suyakchalar pay va bo‘g‘imlar yordamida bir-biri bilan birikib, nog'ora parda bi­lan yassi darchani birlashtiradigan tutash va tez harakatlantiruvchi zanjirni hosil qiladi.


Bolg'acha dastasi quloq pardaga tegib, uni tashqi quloq tomonga biroz bo'rttirib turadi. Bolg'achaning yumaloq boshi ikkinchi cshituv suyagi — sandonchaga, uning uzun oyoqchasi uchinchi cshituv suyagi — uzangichaga tegib turadi.
Shunday qilib, uchala eshituv suyaklari tashqi quloq bilan ichki quloq orasida zanjirga o‘xshash birikib joylashgan. Nog'ora bo'shlig'ida quyidagi mushaklar bor:
  1. Quloq pardasini tarang qiluvchi mushak. Bu mushak eshi­tuv nayi ustidagi suyak tarnovchasidan boshlanib bolg‘acha dastasiga yopishadi.


  2. Uzangi mushagi. Nog‘ora bo'shlig'ining orqa devoridan boshlanib, ingichka pay bilan uzangi boshchasiga yopishadi.


Birinchi mushakni uch shoxli nerv tarmog‘i, ikkinchisini esa yuz nervi tarmog‘i ta’minlab turadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin