1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə57/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar diqqatining о'ziga xosligi. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi.
Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar uchun diqqat-e’tiborning o‘zgaruvchanligi, ixtivoriy diqqatning pastligi, o‘z harakatlarini rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kabi bir qator xususiyatlar xosdir.
Diqqat ta’sir etuvchi analizatorlarning (ko‘rish yoki eshitish) ishtirokiga ko'ra farqlanadi: nutqida kamchiligi bor bolalarda diqqatni to‘plash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Masalan, nutqi toiiq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda rang, shakl, figuralarning fazoviy joylashishini farqlashda xatolar ko‘p uchraydi. Bunday bolalar diqqatining tarqoqligi tufayli biron-bir ishni oxiriga yetkaza olmaydi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni nutq va amaliy harakat odtasida bodish amalda bajarib bodmaydigan qiyin vazifa hisoblanadi. Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayoni davomida kuzatiladi. Ularda diqqatning ko‘chishi, ya’ni bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga, faoliyatning bir turidan boshqa turiga odishi qiyinchiliklar bilan kechadi. Buning sabablaridan bir ketma-ket qilinadigan ish mazmunlari o‘rtasida bogdiqlikning borligi yoki yo'qligidir. Agar bunday bogdiqlik bodsa, diqqat tez va oson ko‘chadi. Diqqat ko‘chishining yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlarga nisbatan bolalarning munosabatlaridadir. Nutq nuqsoniga ega bodgan bolalarda diqqat ko‘chishining qiyinligi ularning okz nuqsonlariga nisbatan munosabatlari bilan ham belgilanadi. Ba’zi bolalar o‘z nuqsonlarini anglab, undan uyaladilar, ba’zilar nuqsonlariga parvo ham qilmaydilar va to‘g‘rilashga intilmaydilar. Mana shu omillar diqqatni to‘plashga va nutq kamchiliklarini yengishga to‘sqinlik qiladi.
Motor alalik bolalar bilan odkazilgan ckspcrimental tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
  • motor alalik bolalarda ixtiyoriy diqqatning miqdor ko'rsatkichlari darajasi nutqi mc’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan ancha past;


  • motor alalik bolalarda ixtiyoriy diqqatning xarakteri ko‘rish va eshitish qo‘zg‘atuvchilarining ta’siriga bog'liq bo'ladi: bunda nutq kamchiliklariga ega bodgan bolalar uchun berilgan vazifalarni bajarishda so‘z bilan ifodalangan og'zaki ko‘rsatmalardan ko‘ra ko‘rish orqali berilgan ko‘rsatmalarga o‘z diqqatini jamlash osonroq kechadi;


  • motor alalik bolalar uchun faoliyatning reproduktiv turi (normada — produktiv) ko'proq xos bodadi, ularda biron vazifani bajarishda mustaqil izlanish, harxil variantlarni sinab ko'rish qobiliyati sust bodadi;


  • o‘yin faoliyatida esa motor alalik bolalar vazifani bajarishda normal bolalar bilan bir qatorda faoliyat ko'rsatishlari mumkin, bu ularning aynan o‘yin sharoitida kodiikmalarni yuqoriroq darajada qodlay olishlaridan, ya'ni faolroq faoliyat ko‘rsata olishlaridan darak beradi, demak alalik bolalar faoliyatining sifati logoped ularning diqqatini qay darajada jamlay olishiga bogdiq;


  • motor-alalik bolalarda ixtiyoriy diqqat past darajada rivojlangan bodadi va bu ularda ruhiy jarayonlarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi yoki faoliyat tuzilishining buzilishiga olib keladi. Bunda: a) yod-yo‘riqlarni bolalar aniq emas, balki uzuq-yuluq idrok etadilar; ular berilayotgan vazifa shartlariga diqqatlarini jamlashga, uni bajarish usullari va vositalarini izlashga qiynaladilar; yod-yo‘riqlarni an iqlasht i r ib olish maqsadida odatda nutqdan foydalanmaydilar; b) motor-alalik bolalar be­rilgan vazifalarni xatolar bilan bajaradilar, bunda xatolar xarakteri va vazifaning bajarilish vaqti me’yordagi bolalarnikidan sifat jihatdan ancha farq qiladi; d) vazifalarni bajarishda barcha o‘z-oV.ini nazorat qilish turlari (oldingi, joriy va kcyingi) shakllanmagan yoki ancha buzilgan bodadi (O.N.Usanova, Y.F.Gargusha, 1985).


Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bodinib turishida namoyon bodishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko‘rinishi ko'pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.


Shunday qilib, bar qanday nutq buzilishlariga cga bodgan bolalarning ixliyoriy diqqatini shakllantirish uchun uni faoliyat jarayonida muntazam va tizimli rivojlantirib borish kerak. Bunda diqqat buzilishining har bir nutq kamchiligida (alaliya, dizartriya. rinolaliya, duduqlanish va h.k.) o‘ziga xos namoyon bodish xususiyatlari hisobga olinishi va bu ish boshqa oliy psixik funksiyalarning rivojlanishi bilan yaqin aloqada olib borilishi shart.
Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana csga tushirishi xotira deb ataladi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bi la n belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bogdiqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik kechadigan faoliyatda qo'llash uchun, uni esga tushirish kerak. Ulug‘ muallim va shifokor Ibn Sino nutq va xotiraning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor bergan va shunday degan edi: «Bolalar birga bodganda doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar».
Xotiraning bir necha turlari mavjud: ko'rgazmali-tasavvurli, so'zli-mavhum va oraliq. Bu turlar inson yuqori asab faoliyati birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro nisbatiga bogdiq bodadi. Xotira u yoki bu turining ustunligi, xususan, inson hayoti va faoliyatining turlari va shart-sharoitlariga bogdiq. Masalan: ko'rgazmali-tasavvurli xotira turi ko'pincha rassomiarda uchraydi.
Ko'rgazmali-tasavvurli xotira turli xil taassurotlarni eslab qolishda qanday analizator unumdor bodishiga qarab farqlanadi. Shunga muvofiq harakatlantiruvchi, ko‘rish va eshitish xotirasini farqlaydilar. Bu turlar alohida juda kam uchraydi. Ko'p hollarda aralash turini uchratish mumkin: ko‘rish-harakatlantiruvchi, ko'rish-eshitish, eshitish-harakatlantiruvchi.
Xotira hajmining buzilishi bosh miya yarim sharining disfunksiyasi, taqdim etiigan ma’lumotlarni tiklash tartibidagi qiyinchiliкlar esa — o‘ng yarim shaming disfunksiyasi bilan bog’liq.
Nutqi lo‘liq rivojlanmagan bolalar xotirasi bilan bog’liq muammolar bilan G.S.Gumennaya, M.T.Belyajova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova va boshqa olimlar shug'ullanganlar. Bunday bolalarning ko’rish xotirasi ko'lami deyarli me’yordagidan farqlanmaydi.
Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda xotira funksiyalarini tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, ularning ko‘rish xotirasi me’yordan hech qanday farq qilmas ekan.
Dizartrik bolalarda gcometrik figuralarni eslab qolish ehtimoli juda kam. Bunday bolalarda bu sohadagi past natijalar idrokning buzilish shakllari, fazoviy tasavvurning bo’shligi bilan bog'liq (I.T.Vlasenko). Bu bilan birga eshitish xotirasi kamchiliklarining darajasi nutq rivojlanishining pasayishiga olib keladi. A.R.Luriya va boshqalarning «10 ta so‘z» metodikasi yordamida bolalar xotirasi tekshirilganda, nutqida og'ir buzilishlar bo'lgan bolalar­da qator xususiyatlar aniqlandi: ular vazifalarni bajarish jarayonida sekinroq mo‘ljal olishadi va ularning natijalari me’yordan pastroq bo'ladi.
Motor alalik bolalar xuddi shu metodika asosida tekshirilgan­da, birinchi aytilgandan keyin (eshitib turib) faqatgina 3—4 ta so’zni qaytara olishi ma’lum bo‘ldi, bunda ular bir so‘zni bir necha marta qaytarishi mumkin, yoki yangi so‘zlar bilan almashtiradi. Nutqida kamchiligi bor bolalar yo‘l qo'yilgan xatolarini e’tiborga olmaydilar va tuzatmaydilar. Hamma bolalarda xatolarni to'g’irlash bir xil past darajada bo‘lar ekan. Ular 10 daqiqadan so'ng 5 ta so'zni, ertasi kuni 1-3 ta so’zni eslaydilar. Motor alaliyali bolalar uchun o'nta so’zning o'rtadagi qismlarini eslash ayniqsa qiyin kechadi.
Motor alalik bolalarning nutqi me’yorda rivojlangan bola­lar bilan solishtirilganda, eshitish xotirasi va eslab qolish unumdorligi ancha past ekani ma’lum bo'ldi. Motor alalik bolalar tcz-tez murakkab yo‘l-yo‘riqlarni eslaridan chiqarib qo'yadilar (uchta, to'rtta pog‘onali), berilgan vazifalaming ketma-ketligini almashtiradilar va ba’zi belgilarni tushirib qoldiradilar. Bolalar yo‘l-yo‘riqni aniqlash maqsadida nutq muloqotiga tayanmaydilar (L.I.Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova, E.L.Figeredo, 1991).
Faoliyat tuzilishining buzilishi yod-yo‘riqni noaniq va uzuqyuluq idrok qilish faqatgina eshitish xotirasining pasayishi bilan emas, balki diqqat xususiyatlari bilan ham bogiiq.
Qayta eslashdagi yo‘Iga qo'yilgan xatolarni nutq buzilishiga ega bolalar odatda sezmaydi va tuzatmaydi. Kechiktirilgan qayta eslash barcha nutq nuqsoniga ega bolalar toifasida bir xilda quyi (past) bodib chiqadi. Masalan: ular 10 daqiqadan keyin beshta so'zni, keyingi kunda bir-uchta so'zni qayta eslaydi.
Shunday qilib, nutqida kamchiliklarga ega bolalarda quyidagi xotira xususiyatlari kuzatiladi: ko'rish xotirasi kodami deyarli me’yorga toLg‘ri keladi, geometrik figuralarning esda qolishi bundan mustasno; eshitish xotirasining umumiy pasayishi; kechik­tirilgan qayta tiklashning quyi darajasi; mazinunli, mantiqiy cslab qolishning nisbatan saqlanishi.
Ammo bu turdagi bolalarda. mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan fikrlash, mantiqiy eslab qolish imkoniyatlari nisbatan saqlangan bodadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin