4-mavzu. Inson bosh miya asablari anatomiyasi, fiziologiyasi vapatologiyasi
Reja:
Bosh miya asablari haqida umumiy ma’lumotlar.
Sezuvchi bosh miya asablari.
Harakatlantiruvchi bosh miya asablari.
Aralash bosh miya asablari.
Tayanch so‘z va iboralar: bosh miya, asablar, sezuvchi asablar, harakatlantiruvchi asablar, aralash asablar, juft asablar.
U insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadi, bizga mo‘jizalar yaratish, oyda sayr qilish va adabiyot, musiqa va rangtasvir durdonalarini yaratish imkonini bcradi. Inson miyasi — egiluvchan va uch funtdan iboral yog‘li to’qima — telefon kommutatori yoki super kompyuter kabidir. Lekin miya ulardan ham murakkabroqtuzilgan, bu dalilni olimlar deyarli har kuni va har bir tadqiqotida tasdiqlamoqdalar. Miya imkoniyatlari darajasi aniq emas, lekin u butun tirik borliqning eng murakkab tuzilmasidir.
Bosh miya asablari haqida umumiy ma’lumotiar
Bosh miya asablari bosh miya asosidan chiquvchi 12 juft asabdan iborat. Ular tuzilishi jihatidan orqa miya asablaridan farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda boshning taraqqiyotini tana va orqa miya taraqqiyotidan boshqacha bo‘lishiga bogliq.
12 juft bosh miya asablari bir nechta guruhga bo‘linadi.
guruhga uchta sezuvchi asablar: I juft — hidlov asabi, II juft — ko‘ruv asabi, VIII juft — dahliz-chig‘anoq asabi kiradi.
guruhga beshta harakatlantiruvchi asablar: III juft — ko‘zni harakatlantiruvchi asab, IV juft — g‘altak asabi, VI juft — uzoqlashtiruvchi asab, XI juft — qo‘shimcha asab, XII juft til osti asabi kiradi.
guruhga to‘rtta aralash asablar: V juft — uch shoxli asab, VII juft — yuz asabi, IX juft til yutqin va X juft — adashgan asab kiradi. Oxirgi guruh asablari tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo'Iadi, ammo asablarning bunday bo‘Iinishi shartli ravishda, chunki har qanday harakatlantiruvchi asab tarkibida chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo‘ladi.
Bosh miya asablari orqa miya asablariga oLxshab orqa va oldingi ildizlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bo'lgani uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi asablar bo‘ladi. Bundan tashqari bosh miya asablarining hech qaysisi boshqa biroviga o‘xshamaydi.
12 juft bosh miya asablari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |