Peshana asabi (n. frontalis) ko'z kosasining ustki devori ostida yotib ikki shoxga bo'linadi: a) ko‘z kosasining ustki asabi (n. Supra orbitalis) o‘z nomidagi o‘yma orqali chiqib medial va lateral shoxlarga bo'linadi. Bu asab peshana terisini inasabatsiya qiladi; b) g‘altak usti asabi (n. Supra trochlearis) ko'z olmasining ustki qiyshiq mushagi ustidan o'tib, burun ildizi, peshananing pastki qismi, ustki qovoq, ko‘zning medial burchagi terisini va konyunktivani inasabatsiya qiladi.
Burun-kiprikli asab (n. nasociliaris) ko'zning medial to'g'ri va ustki qiyshiq muskullari o‘rtasidan yo‘nalib quyidagi shoxlarga bo'linadi: a) oldingi va orqa g'alvirsimon asablar (nn. Ethmoidales anterior et posterior) g'alvir suyak katakchalari shilliq pardasiga; b) burun shoxlar (rr. nasalis) burun bo‘shlig‘i oldingi qismi shilliq pardasiga; d) 2—4 ta uzun kiprikli asablar (nn. Ciliares longi) oldinga tomon yo'nalib ko‘z olmasining oqliq va tomirli pardasiga boradi; e) g‘altak osti asabi (n. Infra trochlearis) ustki qiyshiq muskul ostidan o'tib ko'zning ichki burchagi va burun ildizi terisini inasabatsiya qiladi; f) qo‘shuvchi shoxlar (r. conimunicans) sezuvchi tolalardan iborat bo'lib, kiprikli tugunga boradi.
Kiprikli tugun (ganglion ciliare) parasimpatik asab tizimi tarkibiga kiradi. Undan chiqqan 15—20 ta kalta kiprikli asablar (nn. cilliares breves) ko'z olmasini sezuvchi va vegetativ inasabalsiya qiladi.
Ustki jag‘ asabi (n. maxillaris) uch shoxli tugundan boshlanib, oldinga qarab yo'naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi. Teshikka kirishdan oldin undan o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini inasabatsiya qiluvchi (r. Meningeus medius) chiqadi. Qanot-tanglay chuqurchasida ustki jag' asabidan quyidagi shoxlar chiqadi:
Ko'zkosasiningpastkiasabi (n. infraorbitalis) ko'zkosasiningpastkitirqishiorqaliko'zkosasigakiradi. Ko'zkosasidao'znomidagiegatdayotadivashunomlikanalorqaliustkijag'ningoldingiyuzasigachiqadi.Buyerdaasabko‘p sonly maydashoxlargabo’lib, kichikg‘ozpanjasini(pesanserinusminor) hosilqiladi. Uningshoxlaripastkiqovoq, burunningyon devoir terisini, ustkijag‘tishlari, inilki, burunbo‘shlig‘inioldingiqisinishilliqpardasiniinasabatsiyaqiladi.
Dostları ilə paylaş: |