1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


n. Musculi tensoris veli palatini —



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə24/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

n. Musculi tensoris veli palatini — tanglay chodirini taranglovchi mushakni inasabatsiya qiladi.


  • n. Musculi tensoris tympani — nog'ora pardani taranglovchi mushakni inasabatsiya qiladi.


  • n. mylohyoideus — jag‘-til osti muskulini inasabatsiya qiladi.


  • n. digastricus — ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasini inasabatsiya qiladi.

    Pastki jag‘ asabining sezuvchi shoxlari quyidagilar:




    1. Meningeal shox (r. meningealis) qirrali teshik orqali kalla ichiga kirib, o'rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini inasabatsiya qiladi.


    2. Lunj asabi (n. buccalis) lunj muskulini tashqi yuzasida yotadi. Uni teshib o'tib, lunjning shilliq pardasini va og'iz yorig'i burchagi terisini inasabatsiya qiladi.


    3. Quloq-chakka asabi (n. Auriculo temporalis) tashqi eshituv yo‘lini oldidan yuqori tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo'naladi. Uning shoxlari quloq suprasining oldingi yuzasi, tashqi eshituv yo'li, nog'ora parda va chakka sohasi terisini ina­sabatsiya qiladi. Bu asab tarkibida quloq tugunidan (ganglionoticum) qo'shilgan parasimpatik tolalar bo'lib, quloq oldi bezini ina­sabatsiya qiladi.


    4. Til asabi (n. lingualis) pastga va oldinga tomon yo'nalib ravoq hosil qiladi. Uning tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldingi 2/3 qismidan, og'iz bo'shlig'i shilliq pardasidan og'riq, harorat sezgisini qabul qiladi. Sezuvchi tugun shoxlari (r.r. ganglionares) va nog'ora toridan qo'shilgan parasimpatik tolalari jag' osti (ganglion submandibulare) va til osti tugunlariga (ganglion sublinguale) qo'shiladi.


    5. Pastki katakchalar asabi (n. Alveolaris inferior) eng katta shox. Pastki jag‘ kanalidan o'tib engak teshigi orqali chiqadi va engak shoxi (r. mentalis) bo‘lib, engak va pastki lab terisini inasabatsiya qiladi. Pastki jag' kanalidan o'tayotganida uning shoxlari pastki tishlar chigalini (plexus dentales inferiores) hosil qiladi. Bu chigaldan chiquvchi pastki tishlar shoxlari (rr. Dentales infe­riores) va pastki milklar shoxlari (rr. gingivales inferiores) pastki jag' tishlari va milklarini inasabatsiya qiladi.



    Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin