1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə40/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Quloqning yiringsiz kasalliklari: o'rta quloqning surunkali katari, koxlear nevrit, otoskleroz, Menyer kasalligi.
O'rta quloqning surunkali katari (adgeziv otit).
O'rta quloqning surunkali katari (adgeziv otit) asosan o'rta quloqning o'tkir yallig'lanishining asorati, eshituv naychasi faoliyatining buzilishi asosida kelib chiqadi.
Klinikasi: bemor asosan eshitishning pasayishiga va ayrim hollarda shovqin paydo bo'lishiga shikoyat qiladi.
Otoskopiyada nog'ora parda xiralashgan, ichkariga tortilgan, bolg'achani uzun oyoqchasini qisqarishi va bar xil chandiqlar ko'rinadi.
Ko'p hollarda eshituv nayining funksiyasi buzilgan bo'ladi.
Kamertonal va audiometrik tekshiruvlarda eshitish qobiliyati tovush o'tkazuvchi tipda buziladi.
Davolash:
  1. Konservativ.


  2. Jarrohlik yo'li bilan.


Otoskleroz


1893-yil Politser tomonidan «otoskleroz» degan nom bi­lan labirint suyagida bo'ladigan o'zgarishlarni atagan. Otoskleroz kasalligida labirintning qattiq, zich suyagi g’alvirsimon, qon tomirlarga boy bo’libgan spongioz suyak bilan almashadi. Kasallik uzangi asosida, oval teshik atrofida, ayrim hollarda yumaloq teshik atrofida uchraydi.
Bu o‘zgarishlar uzangining qimirlamay qolishiga va eshitishning pasayishiga olib keladi. Otoskleroz kelib chiqishidagi gipotezalar: mexanik va fizik faktor, nasl-konslitutsion kasalliklar, endokrin o‘zgarishlar. Otoskleroz bilan 20 yoshdan 40 yoshgacha bodgan ayollar kasallanib, homiladorlik paytida va tug‘ruqdan keyin rivojlanadi.
Shikoyati: quloqda og'riq, eshitish pasayishi, bosh aylanishi, bosh ogTig'i, eslash qobiliyati pasayishi.
Klinik turlari:
  1. Timpanal formasi.


  2. Koxlear formasi.


  3. Aralash formasi.


Timpanalformasidaeshitishpasayishitovusho'tkazuvchibo’limlarningzararlanishidabo'ladigano‘zgarishlarvasuyakbi­lanhavodano’tkazisho'rtasidakattayo'lakcha, ya’nirezervbo‘lishibilanbogdiq.


Koxlear formasida eshitish pasayishi ham suyak va havodan tovush tolqinlarini o‘tkazishning buzilishiga xos bo'lgan belgilar bilan xarakterlanadi. Bu formada suyak-havo rezervi bo’libmaydi.
Aralash formasida suyak va havodan tovushni qabul qilish birgalikda pasayadi.
Timpanal formasida «parakuzis Villizi» sindromi bo‘ladi. Kamerton bilan tekshirganda, asosan tovush o‘tkazishning buzilishini aniqlash mumkin, ya’ni Veber yomon eshitadigan tomonda, Jele va Rinne manfiy tomonda bo’ladi. Otosklerozning qo’shimcha belgilaridan quloqda oltingugurt suyuqligi yo‘qligi, Shvars belgisi bo'ladi.
Davolash:
1. Konservativ: vitaminlar (B12, B6, Bl, A, E), gormon moddalar, fizioterapevtik metodlar.
2. Jarrohlik yo‘li bilan davolashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: uzangini bilvosita va bevosita harakatga kcltirish, uzangi asosidagi tasma suyagini teshish, bo'lakchalarga ajratish, otosklerotik zonalarni ajratish, stapedostomiya, stapedoplastika.
Eshituv nervining yalliglanishi.
Bu quloq kasalliklarining 20—40%ni neyrosensor kam cshitish tashkil qiladi. Bu kasallik 1909-yiIda professor Ye.A.Yevdonenko tomonidan «Neyrosensor kam eshitish» deb ataldi.
Sabablari:
  1. Infeksion kasalliklar: gripp, qizamiq, tepki, qorin tepkisi va boshqalar.


  2. Zaharli moddalar ta’sirida: pestitsidlar, og‘ir metall tuzlari, etil spirti, uglevod 2-oksidi va boshqalar.


  3. Dorivor moddalar ta’sirida: aminoglikozidlar, xinin, salitsilatlar, diuretiklar va boshqalar.


  4. Travma ta’sirida.


  5. Endogen faktorlar — organizmda modda almashinuvining buzilishi natijasida har xil moddalarning to'planishi (mochevina, kreatinin).


  6. Yurak-qon tomir kasalliklarida, qandli diabetda.


Kasallikning kelib chiqishida immun tizimdagi kamchiliklar,


allergologik holat ham rol o'ynaydi. Kasallikning boshlanishida bemor quloqda paydo bo‘lgan shovqinga, keyinchalik csa eshitishning pasayishiga shikoyat qiladi.
Neyrosensor kam eshitishning 2 turi mavjud: o’tkir va surunkali.
O'tkir neyrosensor kam eshitishda klinik belgilar bir necha daqiqadan bir-ikki kun va oy mobaynida rivojlanib boradi.
Surunkali neyrosensor kam eshitishda eshitish asta-sekin, oylab, yillar davomida rivojlanadi.
Kamertonal va audiometrik tekshiruvlarda eshitish pasayishi tovush toMqinlarini qabul qiluvchi tizimning zararlanishini ko‘rsatadi. Bu holatda suyak va havodan qabul qilish parallel holalda pasayadi, havo-suyak ta’siri bo‘lmaydi.
Davolashning asosiy maqsadi:
  • birinchidan, kasallikni keltirib chiqaruvchi faktorga qarshi;


  • ikkinchidan, nerv hujayralari va tolalari faoliyatini tiklashga qaratilgan.


Davolash:


  1. biostimulyatorlar;


  2. vitaininlar;


  3. modda almashinuvini yaxshilovchi preparatlar;


  4. qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar;


  5. VNSni tinchlantiruvchi;


  6. nerv tolalaridan impuls o‘tishini yaxshilovchi preparatlar.


Eshitish judayam pasayib ketishida yoki yoLqolishida, ya’ni kar


bodib qolishda asosan yosh bolalarning eshitishini sun’iy tiklash, surdopedagog bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga, bolalarni maxsus maktab internallarda ta’lim va tarbiya olishiga katta e’tibor berish kcrak.
Surdologiya fani — quloq eshitishining pasayishi bilan shug'ullanadi. Vrach surdolog quloq kasalliklarining turini aniqlab, uni tekshirishdan o'tkazadi va eshitish darajasini aniqlaydi.
Eshitishni protezlash — bu fan bemorda eshitishni apparatlar yordamida tiklash bilan shug‘ullanadi. Eshitishni protezlash maxsus shifokor tomonidan tekshirishlar o‘tkazib, eshitish apparatini tanlash bilan yakunlanadi.
Eshitish apparati turlari:
  • suyakdan qabul qiluvchi;


  • tashqi eshituv yodiga qo‘yuvchi.


Eshitish darajasi susayishiga qarab apparatlar tanlab olinadi.


Eshitishni tiklash, ya’ni eshitishni reabilitatsiya qilish murakkab muammo bodib, bunda eshitishni tiklash konservativ va jarrohlik usulida davolash orqali olib boriladi. Apparat taqqan bemorlar davriy ravishda ko'rikdan o‘tkazilib, surdolog va surdo­pedagog kuzatuvida bo'ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin