1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə54/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Afaziya — bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida nutqning to‘liq voki qisman yo‘qolishidir.
Afaziya grekcha so‘z bo‘lib, a — yo'q, fazes nutq so‘zlaridan tashkil topgan bo'lib, nutqning yo'qligi ma’nosini beradi. Afaziya atamasi ilk bor XIX asrda fransuz olimi Trusso tomonidan olib kirilgan edi. Afaziya markaziy organik kelib chiqishga ega bo'lgan og'ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Afaziyada nutqni tushunish va nutqiy harakatlarning to'la yo‘qolishidan tortib to artikulatsiyadagi uncha muhim bo'lmagan qiyinchiliklar, fikrning nozik jihatlarini tushunmaslik, u yoki, bu so'z, iboralarni eslab qolish holatlarini kuzatish mumkin.
Afaziya ko'pincha agnoziya va apraksiya bilan chambarchas bog'liqlikda bo'ladi va yana qator oliy ncrv faoliyatidagi buzilishlarni kuzatish mumkin bo'ladi.
Afaziyada nutq buzilish mexanizmlarining buzilishida zararlanntagan boshqa miya mexanizmlarining patologik o'zgargan mexanizmlarga bo'ysunishini kuzatish mumkin, miya va undagi nuqsonga umumiy ta’sir ko'rsatadi. Xuddi shu bilan nuqsonning kompensatsiya qilinishi ta’minlanadi.
Miya tizimlarining bog'langanligi va miyaning kompensator yaxlit ta’sir etishi natijasida ko'pincha nutqdan ayrim bir ko'rinishlar saqlanib qoladi. Umuman olganda, afazikning nutqi tub o'zgarishlarga uchrab, juda uzoq vaqt davomida impressiv va ekspressiv tomondan atrofdagilar nutqidan farq qiladi.
Afaziya shuningdek psixologlar va tilshunoslar e’tiborini ham tortadi (nutqning hosil bo'lish muammosi, uning tafakkur bilan bog'liqligi).
Afaziyaning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, turli olimlarda u turlicha ko'rinishda bo'ladi. Xususan, Pravdinaning «Logopediya» darsligida uning 6 ta L.R.Luriya ajratgan turlari: akustika-gnostik, akustika-mnestik, semantik va afferent, efferent va dinamik afaziyalar.
Afaziyani 2 ta yirik guruhga, ya'ni motor va sensor afaziyaga ajratish mumkin.
Mo'minova va Ayupovalarning «Logopediya» darsligida uning 4 ta turi ajratiladi:
  • Motor afaziya — mustaqil nutq so'rash qobiliyatining yo‘qolishi.


  • Sensor afaziya — atrofdagilar nutqini idrok etish qobiliyati­ning buzilishi.


  • Amnestik afaziya — ayrim so'zlar va ularning ahamiyati unutish.


  • Total afaziya — gapirish va nutqni idrok etish qobiliyatlaning yo‘qolishi.


Alaliya va afaziyaning klinik xarakteristikasi nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi bi­lan bog‘liq.


Nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalaniladi. Nutqiy sistema bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Uiardan har biri nutq faoliyatining o‘ziga xos vazifasini bajaradi.
L.R.Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin