1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Jag‘lar va tishlarda uchraydigan nuqsonlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə52/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Jag‘lar va tishlarda uchraydigan nuqsonlar. Bu nuqsonlarga og‘iz yopilganda hosil bo'ladigan nuqsonlar kiradi prikus nuqsonlari:
  • prognatiya;


  • trogeniya;


  • ochiq prikus;


  • yonlama ochiq prikus.


  1. Prognatiya–yuqorijag‘vatishlaroldingachiqibketganbo'ladi, oldingipastkitishlaryuqorilardananchaichkaridajoylashadi. Yuqoritishlarpastkitishlargatayanmaganiuchunpastkitishlaruzayib, qattiqtanglaygategishimumkin.


  2. Trogeniya — pastki jag' va tishlar oldinga turtib chiqishi.


  3. Ochiq prikus — yuqori va pastki tishlar orasi ochiq qoladi. Oldingi tishlar orasi ochiq qoladi, bunga oldingi ochiq prikus deyiladi.


  4. Agar oldingi qatordan tishlar birlashib, yon tomondagi jag' tishlar orasi ochiq qolsa, yonlama ochiq prikus deyiladi.


Prikus anomaliyalardan tashqari yana tishlarni joylashishida, tishlarning onda-sonda uchrashi, ba’zi tishlarning urnuman yo'qligi, tishlarning shakli o'zgarishi, tartibsiz joylashishi, ortiqcha tishlar bo'lishi — talaffuzning buzilishiga olib keladi.


Tishlarni tenglashtirish maxsus shinalar qo'yish orqali bajariladi. O'z qatoridagi ortiqcha chiqqan tishlar olib tashlanadi.
Shinalar 5—6 yoshdan 12 yoshgacha qo'yilsa yaxshi natija beradi, chunki suyaklar hali qotib qolmaydi. Bolalar bilan albatta logoped shug'ullanishi kerak.
Muskullar nervlanishining buzdishi. Lablar va lunjlarning er­kin harakati yuz nervi falajlanganda buziladi — asosiy sabab o'rta quloqning yallig'lanishi, chunki yuz nervi nog'ora bo'shlig'i yonidagi suyak kanalidan o'tadi. Yuz nervi jarohatlanishi mumkin, yoki infeksiya ta’sir ctishi mumkin, masalan, gripp, ayrim hollarda yuz nervining falaji, markaziy nerv sistemasiga qon quyilishi yoki o'smalar paydo bo'lishidan kelib chiqadi. Odatda yuz nervi bir tomonlama zararlanadi. Yuz asimmetrik ho-

Iatga kcladi. Yuz nervi zararlangan tomonda ko‘z yumilmaydi, qosh ko'tarilmaydi, peshana tirishmaydi, og‘iz burchagi va lunj tushgan, tishlarni taqillatish mumkin bodmay qoladi, og‘iz qarama-qarshi tomonga tortilib ketadi, lunjlarni shishira olmaydi yoki hushtak chala olmaydi, chunki lab yig‘ilib birlashmaydi va havo yoriqdan kirib-chiqib turadi.


Yuz nervining falajida undosh va lablangan unli harflarni talaffuz qilish buziladi. Ko‘p hollarda yuz nervining falaji tuzaladi va harakat to‘liq tiklanadi.
Ba’zan falaj turg‘un bodadi, lekin bu liolda ham fizioterapiya, fizkultura va logopedik mashg'ulotlar orqali sezilarli darajada kompensatsiyaga erishish mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ining kasalliklari — og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan kasalliklardan—nutqqa ta’sir ko‘rsatadigan nuqsonlardan eng ahamiyatliligi, qattiq va yumshoq tanglay, lil, jag va tishlardagi nuqsonlardir.
Lab va tanglayda uchraydigan nuqsonlar. Lab va tanglayda uchraydigan anomaliyalardan bu lab va tanglaydagi yoriqlar yuqori labdagi yoriqlar yengil hisoblanib, bir tomonda yoki ikki tomonda bo‘ladi. Bir tomonlamada lab yorig'i bir tarafga qaragan bo‘lib, burun teshigi bilan birlashadi. Ikki tomonlamada esa, yuqori lab uchga bodinadi, ya’ni ikkita yon tomonga va bitta o'rtadagi labga. Lab yorig‘ida tishlarning soni va joylanishi ham o‘zgaradi. Labdagi, tanglaydagi yoriqlar go‘dakning ovqatlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bola ema olmaydi, ko‘krakni ham, so‘rg‘ichni ham ema olmaydi, ovqat burun bo‘shlig‘idan o'tib ketadi, bola qalqib ketaveradi, yo‘taladi, qayt qiladi. Ovqatning nafas yodiga o4ib ketishi bronxlar va o'pkaning yallig'lanishiga olib keladi. Shuning uchun paydo bodadigan asoratlar va ovqatlanishning buzilishi ko‘p hollarda bolaning halok bo'lishiga olib keladi. Tirik qolganlarda keyinchalik nutqida o‘zgarishlar bodib, bola manqalanib gapiradi, so‘zlari ravon bodmaydi, ovozi past bo'ladi.Burun katagining bitib ketishiyoki torayishi — bu kasallik tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi rnumkin. Ayrim hollarda burunga kirish qismi berk bo'lishi rnumkin (atreziya).
Burunning nuqsonlari (qo‘shaloq burun), umuman burunning bo'lmasligi, tashqi burun bir yoki ikkala pallasining bolmasligi ko‘pincha boshqa organlar va gavda qismlarining rivojlanish nuqsonlari bilan birga uchraydi.
Burun nuqsonlari faqat xirurgik yo‘l bilan davolanadi.
Burunning bitib ketishi ko‘pincha yuqumli kasalliklarda uchraydi, ya’ni yaralar paydo bo'lishi tufayli (difteriya, sifilis).
Burunning lat yeyishi, shikastlanishi erkaklarda va yosh bolalarda ko‘p uchraydi. Lat yeganda burunning suyaklari, to‘sigh sinishi rnumkin. Natijada, burunning shakli o'zgaradi, o‘ng yoki chapga qiyshayadi. Lat yeganda shilliq pardaga qon quyiladi, shish paydo bolib, keyin u absessga aylanib, absess tufayli burun­ning tog‘ay to'sig‘i yemirilib, burun to‘g‘ri bo’libmasdan egarsimon bo‘lib qoladi — burundan nafas olish, burun bo‘shlig‘ining rezonator faoliyati buziladi.
Davolash — xirurgik yoi orqali bola 18 yoshga kirganida, ya’ni yuz skeleti rivojlanib bo'lganidan so‘ng o'tkaziladi.
Hiqildoqning rivojlanish nuqsonlari — ko'pincha hiqildoq usti tog’ayida o‘zgarishlar bo’libadi, u rivojlanmay qolishi, yoki umu­man bolmasligi rnumkin, yoki bir necha bo‘lakchalarga bolingan bo‘lishi rnumkin.
Halqumda paydo bo'ladigan chandiqlar. Ayrim yuqumli ka­salliklarda (skarlatina, difteriya) halqumning shilliq pardasi juda chuqur zararlanadi, hatto ayrim joylarida nekrozga uchrab o‘ladi va shu yerlarda chandiqlar paydo bo’libadi. Sifilitik yaralar ham chandiqlarga olib keladi.
Chandiqlarning joylashishi turli xil bo'ladi.
Ayrim hollarda yumshoq tanglayga, uning yoylari tilini butunlav o'zgarliradi, yoki chandiqlar yumshoq tanglayning qoldiqlari halqum orqa devoriga birikib bitib qolishi natijasida og‘iz bo’shlig'i — og'iz halqum bo'limi butunlay burun-halqum boiimidan ajralib qoladi. Burun bilan nafas olib bo'lmaydi yoki qiyinlashadi, manqalik kuzatiladi, talaffuzda nuqsonlar kuzatiladi.
Halqumning kuyishida ham o‘xshash holatlar kuzatiladi.
Halqum va qizilo'ngachning termik, kimyovviy, elektrdan va nurdan kuyishlari farq qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning termik kuyishi odatda qaynoq ovqat, ko‘pincha suyuqliklarni yutishdan, ba’zan bu bo'shliqlarga issiq havo, gaz yoki bug1 kirishidan kelib chiqadi. Halqum va qizilo'ngachning kimyoviy kuyishlari odatda ancha og‘ir bo‘ladi. Ular suyuq zaharlarni ko‘pincha konsentrlangan kislota va ishqor eritmalarini tasodifan yoki atayin ichishdan so‘ng paydo boiadi (sirka, essensiya, kaustik soda).
O‘tkir laringit. Hiqildoq shilliq pardasining o'tkir yallig'lanishi — o‘tkir laringit—gripp, yuqori nafas yo'llarining qatorida — shu yo‘llarning yallig'lanishi hiqildoqqa tarqalishi mumkin. Ovozni zo'riqtirish, chekish, laringitga moyillikka olib keladi. Buning ustiga organizm umuman sovqotsa yoki mahalliy sovish yuz bersa (zax va sovuq havodan nafas olish, muzqaymoq yeyish, muzdek suv ichishi) hiqildoqning yallig'lanishiga sabab bo'ladi.
Belgilari: tomog'i qiriladi, quriydi, achishadi, qichishadi, quruq yo‘tal paydo bo’libadi, ovozi xirillab chiqadi, yoki umuman ovozi chiqmaydi (afoniya), hiqildoq ko‘zdan kechirilganda tovush pardalari qizarib, bo'rtib turadi, soxta ovoz pardalari tovush chiqarishga harakat qilganda bekilmaydi (shuning uchun ovoz xirillab chiqadi yoki ovoz butunlay chiqmaydi (afoniya). o’tkir laringit to‘g‘ri davolansa 7—10 kun ichida tuzaladi.
Asosiy davo — hiqildoqqa butunlay tinchlik berish — tovush rejimiga rioya qilish (gapirmaslik). Bemor 5—7 kun ichida umu­man gapirmasligi kerak, o'tkir garmdori, gorchitsa, sirka iste’mol qilishi mumkin emas. Juda issiq va sovuq ovqat yeyish, chekish, spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Davolovchi muolajalar — iliq ichimliklar, bo'yinga isituvchi kompress boglash, pardan ingalatsiya.
Dori-darmonlar bilan davolash hiqildoqqa yallig'lanish protsessini tugatish va kasallik asoratlarining oldini olishga qaratilgan.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin