1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Oilaning reproduktiv funksiyasi nimadan iborat?



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə11/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
OBBII 1-qism

Oilaning reproduktiv funksiyasi nimadan iborat?
Oilaning muhim bo’lgan funksiyalardan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom etirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligining saqlab turishidan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko’rishga, ularni o’stirishga va tarbiyalashga bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarini qondirmasdan turib, kishi odatda o’zini bahtiyor his qila olmaydi. Shuningdek, er-xotnda farzand tug’ilishi bilan bog’liq xolda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda-onalik, erkakda- otalik xissi paydo bo’ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Stastistik ma’lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo’ladigan bo’lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo’q bo’lib ketishi mumkin ekan.Har bir oilada ikkitadan farzandning bo’lishi ham aholi sonini saqlab tutishni ta’minlay olmaydi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila o’zining reproduktiv funksiyasini bajarish uchun har bir oilaga urtacha 2,6 ta farzand to’g’ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarni bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funtsiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarni muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o’rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin