1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə14/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
OBBII 1-qism

Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalardan biri uning felitsitologik funksiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi omil bo’lib bormoqda. Baxt nima o’zi? Hozirgi zamon oilasida o’z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol o`ynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning to`rtdan uch qismini oiladan, choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to`liq tushunish-ularning o’zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o’zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro`yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o’zini baxtli his etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yo’llar bilan pul topish orqali baxtli bo’lishga intilish yoki o’zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniqsa: er-xotinning)shaxsiy baxtga o’z maylicha intilishi oilalarda noxush holatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun har bir shaxs o’zida ko’proq vijdonlik, poklik, halollik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim.
Oilaning regulyativ funktsiyasi nimaga xizmat qiladi?
Oilaning regulyativ funktsiyasi oila a’zolari o`rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomonidan qo’llab-quvvatlash nazarda tutiladi. O’tgan zamonlarda oilaning boshqarish funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo`yilgan. Unga ko’ra, oilada kim xonadon boshlig’i bo’lishiga, uning obro’si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a’zosi (asosan ota) butun umri davomida o’z farzandlari va oila a’zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo’lgan. Unda ota-onasiga buysunmaganlarni jazolash hollari xam nazarda tutilgan.
Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan ahloqiy me’yorlar, oila a’zolarning shaxsiy obro’si va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bo’lgan munosabatlardagi obro’si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarning qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning alohida-alohida) yetakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijasida jinoyatchilik ko’chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi o’g’il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko’payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksiyasi oila a’zolarining xulqi, ma`suliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat kilishni o’z ichiga oladi. Odam oila qurgandan so`ng, albatta, uning ijtimoiy mavqei o’zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chiqmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. Shunga ko’ra u o’zining xatti-harakatlari, xulqini xam oilali odamga xos tarzda qaytadan ko’rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotinning xulqi ham endi o’ziga xos tarzda boshqariladi.

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin