1-Mavzu: O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. Reja


O'simliklar fiziologiyasining qisqacha tarixi



Yüklə 219,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.11.2022
ölçüsü219,84 Kb.
#70116
1   2   3   4   5
1-Mavzu O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maq

O'simliklar fiziologiyasining qisqacha tarixi 
XVII-XVIII asrlar o'simliklar fiziologiyasining shakllanish davri bo'lib 
hisoblanadi. O'simliklar fiziologiyasining asoschisi J. Senebe hisoblanadi. U 1772-
1782-yillarda D.Pristli va Ya. Ingenxauz bilan bir vaqtda fotosintez jarayonini ochdi. 
Keyinchalik, ya'ni 1780-yilda J. Senebe tomonidan besh tomlik «Physiologie vegetale» 
asarining e'lon qilinishi fiziologiyaning alohida fan sohasi ekanligining isboti bo'ldi. J. 
Senebe «O'simliklar fiziologiyasi» terminini taklif etish bilan chegaralanib qolmasdan, 
bu fanning asosiy vazifalarini, predmeti va usullarni aniqlab berdi. Ammo o'simliklar 
fiziologiyasining ayrim masalalari awalroq o'rganila boshlangan. Xususan, italiyalik 
biolog va shifokor M. Malpigining «O'simliklar anatomiyasi» 6(1675-1679) va ingliz 
botanigi va shifokori S. Geylsning «O'simliklar statistikasi» (1727) asarlarida 
o'simliklar organ va to'qimalarining tuzilishi bilan bir qatorda yuqoriga ko'tariluvchi 
oqim va o'simliklarning havodan oziqlanishi haqidagi nazariyalar ham berilgan edi. 


Hozirgi vaqtda asosiy terminlardan bo'lgan hujayra so'zi (grekcha «sytos» 
birinchi bor 1665-yilda Robert Guk tomonidan po'kakning mikroskopik tuzilishini 
o'rganish davomida fanga kiritilgan. 
Ingliz botanigi S. Geyls o'simliklarda ikki xil oqimning mavjudligini, ya'ni suv 
va ozuqa moddalarining pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab oqishini 
tasdiqladi. O'simliklarda suvni harakatga keltiruvchi kuch ildiz bosimi va transpiratsiya 
ekanligini isbotladi. 
Fotosintez haqida dastlab to'g'ri ma'lumotlarni olimlar J. Senebe, J.Bussengo, 
Yu.Saks, A.Famintsin, K.Timiryazev, M.Svet va boshqalar keltirganlar. Ular 
fotosintezni uglerodli oziqlanish deb qaragan va bu jarayonda yutilgan karbonat 
angidrid va ajralib chiqqan kislorod miqdoriy aniqlangan. 
O'simliklarning nafas olishi A.Borodin, L.Paster, A.Bax, G.Bertran kabi olimlar 
tomonidan o'rganilgan bo'lsa, suv almashinuvi jarayoni G.Dyutroshe, G.De Friz va Yu. 
Sakslar tomonidan yaxshi o'rganilgandir. O'simliklarning mineral oziqlanishi jarayoni 
Yu. 
Libix, 
J.Bussengo, 
G.Gelrigel, 
A.Knop, 
S.Vinogradskiy, 
M.Beyernik, 
D.Prya'nishnikov, moddalarning tashiluvi jarayoni V.Pfeffer, E.Votshal, o'sish va 
rivojlanish Yu.Saks, O.Branetskiy, A.Batalin, N.Levakovskiy, G.Fexting, G.Klebs, 
moddaarning harakati T.Nayt, Ch.Darvin, Yu.Vizner, V.Rotert, qo'zg'aluvchanlik 
B.Sanderson, N.Levakovskiy, o'simliklar chidamliligi fiziologiyasi D.Ivanovskiy, 
K.A.Timityazev, G.Molish kabi olimlar tomonidan birinchi bo'lib, o'rganilib 
asoslangan. 
Rossiyada o'simliklar fiziologiyasi XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlana 
boshladi. Unga A.S. Faminsin (1835-1918) va K.A. Timiryazev (1848-1920) asos 
soldilar. A.S. Faminsin (1867) Peterburg universitetida mustaqil o'simliklar 
fiziologiyasi kafedrasini tashkil etdi. Uning asosiy ilmiy izlanishlari fotosintez va 
o'simliklardagi modda almashinuv jarayonlarini o'rganishga qaratilgan edi. 
O'simliklar fiziologiyasi sohasida Moskva maktabining tashkilotchisi 
K.A.Timiryazev bo'ldi. U yangi fizik va kimyoviy usullarini qo'llash natijasida 
fotosintezning muhim qonuniyatlarini aniqlashga muvaffaq bo'ldi, xlorofillning 
fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganishga katta hissa qo'shdi. U fotosintezning 


yorug'lik miqdoriga, spektral tarkibiga va quyosh yorug'ligining energiyasiga bog'liq 
ekanligini tajribalar orqali isbotlab berdi. 
O'simliklar ekologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A. 
Maksimovdir. 
O'simliklarning 
noqulay 
muhit 
omillari 
ta'siriga, 
sovuqqa, 
qurg'oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o'sish va rivojlanish, sun'iy yorug'likda o'sish 
kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. 
XX asrning birinchi yarmidan o'simliklar fiziologiyasi yanada tezroq rivojlandi. 
Murakkab fiziologik jarayonlarning biokimyoviy mexanizmlari o'rganila boshlandi. 
Jumladan, fotosintez (M.S. Svet, R. Xill, M. Kalvin, R. Emerson, D.A. Arnon, M.D. 
Xetch va K.R. Slek va boshqalar) va o'simliklarning nafas olishi (V.A. Palladin, S.P. 
Kostichev, G.A. Krebs, G. Kalkar va V.A. Blitser, L. Romberg, P. Matchel va 
boshqalar) kabi jarayonlar aniqroq yoritildi. 
O'simliklar 
fiziologiyasining 
rivojlanishida 
o'simliklarning 
o'sishi 
va 
riyojlanishi jarayonlarini idora qiluvchi moddalar-fitogormonlarning ochilishi va 
o'rganilishi juda katta yutuq bo'ldi. (N.G. Xolodniy va F. Vent, F. Kegel, M.X. 
Shaylaxyan, T. Yabuta, S. Skug, F. Eddikkot va boshqalar). 
O'zbekistonda o'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishini biz 1918-yil 
tashkil topgan Turkiston universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston 
Milliy universiteti) bilan bog'lab qarashimiz mumkin. Chunki 1920-yilda uning 
tarkibida, o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi tashkil etilishidan boshlab 
jadal rivojlana boshladi. Ammo o'simliklar fiziologiyasi fani o'tgan asrning ikkinchi 
yarmidan, ya'ni ushbu sohada o'zbek olimlari paydo bo'la boshlaganidan keyin jadal 
rivojlana boshladi. 1930-yilda Samarqand Davlat universiteti tashkil etilgandan so'ng, 
hozirgi Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasida o'simliklar fiziologiyasi 
fanining rivojlanishi yanada jadallashdi. Keyinchalik O'zR FA qoshida O'simliklar 
eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi) 
ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganidan so'ng o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida 
juda katta yutuqlarga erishildi. 
O'zbekiston Respublikasida fltoflziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo'shgan olimlardan biz A.V. Blagoveshenskiy, N.D. Leonov, V.A. Novikov, A.P. 


Ibragimov, M.H. Avazxo'jayev, V. Shardakov, N.A. Todorov, A.A. Imomaliyev
A.Q.Qosimov, R.A. Azimov, N.N. Nazirov va boshqalarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. 
Ular birinchi navbatda mamlakatimizning asosiy texnik ekini g'o'za hamda boshqa bir 
qancha o'simliklarning fiziologik-hayotiy jarayonlarini keng o'rganib, nazariy va amaliy 
xulosalar qildilar. Bugungi kunga kelib akademiklar: A.A. Abdukarimov, O.J. Jalilov; 
q/x.f. akademiyasining muxbir a'zolari: X.K. Kimsanboyev, S.R. Rahmonqulov, H.S. 
Samiyev; professorlar: M.N. Valixonov, J.X. Xo'jaev, K.S. Safarov, Sh.Y. Yunusxanov, 
A.Z. Zikiryayev, A.A. Umarov, R.Q. Shodmonov, R.M. Usmonov, A.A. Axmadjonov 
va boshqa olimlar o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida keng ko'lamda ilmiy izlanishlar 
olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda respublikamizning bir qator universitetlarida 
o'simliklar fiziologiyasi yoki unga turdosh kafedralar mavjuddir. 

Yüklə 219,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin