1-Mavzu: O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti, metodi, maqsadi,
vazifalari va rivojlanish tarixi.
Reja:
1. O’simliklar fiziologiyasi faninig predmeti
2. O'simliklar fiziologiyasi asosiy yo'nalishlari
3. O'simliklar fiziologiyasi fanining usullari
4. O'simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari
5. O’simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi
O'simliklar fiziologiyasi fani - o'simliklarning
hayot-faoliyatidagi umumiy
qonuniyatlarni o'rganadi. Bularning asosida moddalar almashinuvining assimilatsiya va
dissimilatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o'simliklarni o'sishi va rivojlanishi,
gullash, meva tugish, plastik moddalarning sintezi va to'planishi
kabi fiziologik
jarayonlarni tashqi muhit bilan bog'lab o'rganadi.
O'simliklar fiziologiyasi botanika, biokimyo,
biofizika, raolekulyar biologiya,
mikrobiologiya, hayvonlar fiziologiyasi, kimyo, fizika kabi
fanlar bilan chambarchas
bog'liq bo'lib, ularning yutuqlaridan foydalaniladi va o'z navbatida ularga ta'sir etadi.
O'simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan,
xususan, fizik-kimyoviy usullardan,
xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron
mikroskopiya,
elektroforez, differensial sentrafugalash, spektrofotometriya,
rentgen
tuzilish analizi va boshqalardan foydalanish natijasida juda katta yutuqlarga erishildi.
Jumladan, o'simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilishi
va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalarning kirishi va chiqishi
jarayonlarida membrana- larning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o'rganildi.
Ayniqsa. o'simliklar hujayrasida energiyaning to'planishi
va sarflanishi mexanizmlari
haqidagi tushunchalar kengaydi. Yashil o'simliklar yer sharidagi boshqa tirik
organizmlardan o'zining bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi.