1-Mavzu: O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Turkiy tillar, o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, davrlashtirilishi, o’zbek tilining shakllanishi va taraqqiy etish dinamikasi. Fonetika. Grafika. Singarmonizm



Yüklə 98,83 Kb.
səhifə3/16
tarix16.05.2022
ölçüsü98,83 Kb.
#58179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
til tarixi ma #039 ruza 1-mavzu

Savol va topshiriqlar:

  1. O’rxun –Enasoy yozuvi nima uchun run yozuvi deb atalgan?

  2. Uyg’ur yozuvida bitilgan yodnomalarni sanang.

  3. O’rxun-Enisoy yozuvi qaysi olimlar tomonidan o’qilgan?

  4. «O’zbekiston tarixi» darsligidan qadimgi turkiy til tarixini o’qib chiqing.

  5. To’nyuquq bitiktoshi haqida ma’lumot bering.

  6. Kultegin yodgorligi haqida gapirib bering.

Ma’lumki, grafika tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda ma’lum bir tilning yozuv sistemasi o’rganiladi. Qadimgi turkiy tilda yozuv sistemasini o’rxun yozuvi tashkil etadi. SHu bilan birga, uyg’ur yozuvi ham amalda bo’lgan.



O’rxun yozuvi.

O’rxun yozuvi turkshunoslikka va yozuv tarixiga oid asarlarda «O’rxun-Enisey yozuvi», «Enisey-O’rxun yozuvi», «Sibirь yozuvi», ko’proq «turkiy run(a) yozuvi» deb yuritiladi. Bunga O’rxun harflarining qadimgi german xalqlariga mansub Rin(e) deb ataluvchi yozuvga tashqi jihatdan bir oz o’xshashligi sabab bo’lgan. Bu yozuvning SHarqda «Dulbarchin» nomi bilan yuritilgani haqida mashhur filolog ibn Arabshoh (1389-1450) o’zining «Ajoyib-ul-maqdur fi navoyibi Taymur» (Temur falokatlarida qismatning qiziqliklari) nomli asarida ma’lumot beradi.

«Xitoyda ularning (turklarning - A.R.) «dulbarjin» deb ataladigan yozuvi bor. Ko’rdim, harf qirq bitta. Ko’pligining sababi shundaki, ular [tovushlarning] qalin va ingichkalarini, shuningdek, ayirgichlarni harf hisoblaydilar, natijada qo’shimchalar va qo’shimcha harflar paydo bo’ladi» (Qohira xalq kutubxonasidagi 3543-qo’lyozma, var.286a). Ammo ibn Arabshoh kitobida alifboni keltirmagan.

Hamma yozuvlarda bo’lganidek, dulbarchin (O’rxun-enisey) yozuvi ham zamoni va makoni bilan bog’liq bo’lgan ayrim shakliy farqlar tufayli o’rxun, turfon va enisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi o’rxun variantidir.

O’rxun yozuvida unli tovushlarni bildiradigan to’rtta, enisey bitiklarida esa beshta harf bor.


Yüklə 98,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin