2. I harfi.Bu harf bir ilgakli tayoqchadan iborat bo’lib, ilgak yuqoriga va o’ng tomonga qaragan:__. Agar ilgak chapga qaragan bo’lib yuqorida bo’lsa, p ni bildiruvchi harf, pastda bo’lsa__, qalin l tovushini anglatuvchi harf bo’ladi. I harfi til oldi i va til orqa ы tovushini bildiradi va a harfidan farq qilib, so’z boshida ham ishlatiladi. Bu harf transliteratsiyada ь belgisi bilan ifodalanadi.
Lablanmagan unlilar uchun qo’llanadigan bu ikki harf tovushlarning qatordagi farqini aks ettirmaydi, faqat tor-kengligini ko’rsatadi. Ikki ilgakli a harfi keng unlilarni va bir ilgakli i harfi tor unlilarini anglatadi.
3. O’qu harfi.Bu harf uchi o’ngga qaragan burchak shakliga___ ega.
O’qu harfi lablangan til orqa o va u unlilarini bildiradi. Bu harf transliteratsiyada v belgisi bilan ifodalanadi.
4. O’ku harfi.Bu harf bir butun va ikki yarim tayoqchadan tuzilib, yarim tayoqchalar burchak hosil qilgan holda butun tayoqchaning o’ng tomoniga, yarmidan yuqorisiga quyidagi ilgaklarda birlashtiriladi:____