muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va
ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib,
unda fuqarolarning
shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, demokratik talablar hamda
axloqiy-huquqiy me'yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim
qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak
darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida
kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Fuqarolik tarbiyasining
markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo‘lgan
shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish
hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy
yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
1.
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqyega ega bo‘lgan axloqiy va
huquqiy me'yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.
2.
O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib borish, ularda
fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.
3.
O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish,
Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
4.
O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini
uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
5.
Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan
uyg‘unlashtira olishga
erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6.
Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga
tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish.
O‘quvchilarning fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsga davlat Konstitutsiyasida
ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarish xususida ma'lumotlar berish, ularda
ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Respublika Bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi: yashash huquqi, erkinlik
va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs ishining sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilishi, har
kim o‘z sha'ni va obro‘siga tahdid qiladigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish
va turar-joy dahlsizligi, Respublika hududida bir joydan ikki joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga
kelish va undan chiqib ketish,
fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, davlat ishlarini
boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillri orqali
ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlarda ishtirok etish, kasaba uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va saylanish, mulkdor bo‘lish,
mehnat qilish,
erkin kasb tanlash, dam olish, qariganda yoki mehnat qilish layoqatini yo‘qotganda,
shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta'minotdan foydalanish, tibbiy xizmatdan
foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi.
O‘quvchilarga huquqlari borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning burchlari
nimalardan iborat ekanligi haqida ma'lumot berish, bu xususida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil
qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda muvaffaqiyat omili bo‘ladi.
Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda
tutilgan talablarga rioya etishga,
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmatini
hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy
atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy
yig‘imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan burchlarni bajarish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir kishining muqaddas burchidir.
Dostları ilə paylaş: