O‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi
asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, bahs-munozara,
konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni
anglash
tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish hadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi oilaning
shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini xolisona baholash imkonini berdi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari
asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo‘ladi. Oilada
demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas,
balki oilaning, qarindosh-
urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi
o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Davlatning oilaga nisbatan g‘amxo‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda o‘z
ifodasini
topmoqda. Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi buning yorqin dalilidir.