1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari. (4 soat) Reja


Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish



Yüklə 185,22 Kb.
səhifə5/14
tarix19.12.2023
ölçüsü185,22 Kb.
#186323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy t-fayllar.org

Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat,
tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va 
e'tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma'naviy-
axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e'tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat 
faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi,
shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga 
nisbatan mas'uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan 
ta'lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar
jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh 
avlod dunyoqarashining shakllanishida ta'lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy
va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.
Shaxsning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga
ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini 
ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora
barqarorlashuvini ta'minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida 
namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan 
falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz,
izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol 
ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon 
sanaladi.
Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining 
shakllanishida aqliy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti


to‘g‘risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan


pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e'tibor
qaratilmolqda. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi +onuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
mazmunida ham yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Yuksak ma'naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo‘lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy 
bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo‘lish tabiiy hamda ijtimoiy
jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon 
beradi.
Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida 
qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil
qilishga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:
1.

Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.


2.

Ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.


3.

Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.


4.

Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg‘usini shakllantirish.


5.

Bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira,


tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil 
fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o‘z fikrini asoslash, mavjud ma'lumotlarni umumlashtirish,
guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish. 
Aqliy ta'lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqyea-hodisalarning ongda
to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko‘rsatishicha, 
aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo‘lib, quyidagi belgilarga ko‘ra
aniqlanishi mumkin: 
1.
Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi. 

2.
Mavjud ilmiy bilimlarni o‘zlashtirib olish jarayoni. 


3.
Fikrlash ko‘nikmasiga egalik. 

4.
Bilimlarni egallashga bo‘lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.


Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning
shakllanishida ilmiy qarash va e'tiqod o‘ziga xos o‘rin tutadi. 
Ilmiy qarash (yunoncha «idea»- g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning
mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy 
bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa
yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish, 
ixtirochilik ko‘nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma'lum ilmiy
qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. 
Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta'minlaydi. Ilmiy
tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqyea-hodisalar, jarayonlarga 
nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.
E'tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-
axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz


ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va


vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma'naviy-axloqiy 
qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy
qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga 
tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda e'tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor
ma'naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy 
munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va
anglangandagina e'tiqodga aylanadi. 
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o‘rin
bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-
fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi
organlari u tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy 
sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil
etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi. 
Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining
mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan 
ma'lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari 
suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining 
chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirilib borishi yangi
bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va 
xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini
hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli 
ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi».
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur 
o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan
o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va 
yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin
bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi». 
Yusuf Xos Hojibning «+utadg‘u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta'bir joiz bo‘lsa,
bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta'minlashdagi roli, 
yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli
bo‘lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l ochiladi: 
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi. 
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-o‘n asr vaqt o‘tgach,
inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. 
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma'rifatni
rivojlantirishga yo‘naltirish yetakchi o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma'rifat zulm va bid'atdan forig‘ bo‘lish 
yo‘lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g‘oyalari mavjud
bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo‘lgan ilm puxta va mustahkam bo‘ladi.


Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm


o‘rganish mashaqqatli yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri 
kelishi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo‘lish orqaligina mukammal bilimga ega bo‘lish
mumkinligini ta'kidlaydi. 
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to‘xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi:
«Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, 
ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir
qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali 
vositasi ekanligiga ham urg‘u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat
dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun 
hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va
oxiratimiz ilmga bog‘liqdur». 
O‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo‘lib,
ular sirasida ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda 
tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma'ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida
o‘quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik 
o‘yinlari yanada samarali sanaladi.
Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o‘quvchilarni kichik ilmiy 
izlanishlarni olib borishga yo‘llash ularning dunyoqarashlarini yanada boyib borishida poydevor bo‘lib
xizmat qiladi. O‘smir hamda o‘spirinlarni ma'lum nazariya yoki ta'limotlarning g‘oyalariga nisbatan 
tanqidiy munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shaxsiy fikrlarini bayon etishda asosli
dalillarga tayangan holda ish ko‘rishga undash ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Ta'lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil
etilishi, mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali 
sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga
erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma'lum ijtimoiy voqyea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan 
baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro
bog‘liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi. 
Ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning
o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta'sirida shaxs 
kamolotini ta'minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar 
tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi.
O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy 
ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e'tibor berishlari
zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar 
ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko‘rish
lozimligini tushuntirib borishlari kerak. 
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin tutgan mafkuraviy g‘oyalar va ularning
mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta'lim muassasalarida yo‘lga 
qo‘yilayotgan ta'lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan
o‘quvchilarni tanishtirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida 
e'tirof etilgan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil
ma'lumotlar berib borish, ularga nisbatan o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik 
jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.





Yüklə 185,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin