1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari. (4 soat) Reja


Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari



Yüklə 185,22 Kb.
səhifə3/14
tarix19.12.2023
ölçüsü185,22 Kb.
#186323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy t-fayllar.org

Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. Buyuk ma'rifatparvar
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, 
yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma'lumot
beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi. Allomaning nuqati 

nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e'tiqod), nazofat (poklik va


tozalik), g‘ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs 
me'yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va
adabiyot), iqtisod, viqor (g‘urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma'naviy-axloqlilikning 
asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o‘z
atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga 
munosabatni qaror toptiriladi.
Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g‘azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat 
(umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o‘zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa,
yalqov), hasosat (ta'ma, hirs), rahovat (g‘ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat 
(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g‘iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad, kizb (yolg‘on),
nifoq, ta'ma, zulm va boshqalar. 
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo‘lishlariga yordam
beradi. Bu esa dastlab o‘quvchilarga xulq-odob me'yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini 
shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o‘qish, kinofilm va spektakllarni tomasha qilish, 
maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida
axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo‘la boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari va boshqalarning xatti-
harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma'naviy-axloqiy mavzularda o‘tkaziladigan
suhbat va munozaralarda o‘quvchini fikr yuritish, o‘ylashga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, «Do‘stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda
nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar 
o‘quvchilarni o‘ylash, fikr yuritishga yo‘llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni
o‘rganishga bo‘lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o‘z xatti-harakatlarini 
baholashga bo‘lgan intilishlari va ishonch, e'tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma'naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga 
bag‘ishlanishi zarur. Bunda o‘quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.
O‘quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o‘rgatish, 
pedagogik talab qo‘yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish
va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Lekin o‘quvchilarni faol, 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo‘lmaydi.
Bunda mashqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy 
xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi.
Rag‘batlantirish metodlariga mukofotlash va ma'qullash kiritiladi. 
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o‘z-o‘zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni
loyihalash, o‘quvchilarni qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, jarimalar (ball 
hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy ntijalarga olib
kelmoqda. 
Hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual
ring», «Qizlar davrasi», «O‘yla, izla, top!» kabi o‘yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik 
jihatdan o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchilarni
ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy 
madaniy, tarixiy va pedagogik an'analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.


Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma'naviy, jismoniy jihatdan


shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o‘quvchilarda 
voqyealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, o‘zini real voqyelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri
belgilash, axloq, e'tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda 
to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, 
jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o‘z fikrini asoslash,
munozarada qatnashish mahorati paydo bo‘ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini 
jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O‘z ishiga mas'uliyat hissini shakllantirib, ijodiy
tasavvurini rivojlantiradi, ma'naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko‘ngilochar, tashhisli, ishchan va 
harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta'nali,
umidli, qiyosiy), rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid_ - 
bularning barchasini insonparvarlik g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy 
mas'uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri
bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida 
oilaning ma'lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat 
talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan
oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. 
Chunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid
bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta'minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy 
talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta'minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori
bo‘ladi. 
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila
bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-
atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy
qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni 
tashkil etish jarayonida anglaydi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar (buva-
buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta'minlab, ota-onalarda o‘ziga xos 
faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta'siri tufayli ularning qiziqish hamda
faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq 
anglash, ya'ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
Shaxsning ma'naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma'naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj 
va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom
ma'naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga 
egadir.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Totalitar tuzum davrida esa 
oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rni inkor etilib, uni ijtimoiy borliq vositasida tarbiyalashga harakat
qilindi. 
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy
tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, 

shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik,


to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy 
burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida
oiladagi sog‘lom muhit, oila a'zolarining psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va 
hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-
onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, shuningdek, ularga 
ko‘rsatilayotgan e'tiborning bir xil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari
sanaladi. Oilada muayyan an'ananing qaror topganligi, unga oila a'zolari tomonidan bildirilayotgan 
hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi
u oddiy bo‘lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil 
etilishi bolalarda hayotiy e'tiqodning shakllanishini ta'minlaydi.



Yüklə 185,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin