Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy
bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila
byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-
sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta'lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta'lim bilan chambarchas
holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta'lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi
mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
-
o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‘jaligini yuritish va boshqarish, ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik
faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari,
byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va
ularni takomillashtirish;
-
o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan
oqilona munosabatni tarbiyalash;
-
ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
-
ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
-
o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga
keltirish;
-
ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga erishish.
Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg‘orlari
bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki
muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari,
o‘quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi
ko‘rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o‘stiruvchi iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar
va munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta'minlaydi.
Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari
sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy
mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik
faoliyati (u yoki bu hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurning
shakllanishiga yordam beradi.
Oilaviy hayotning me'yorida bo‘lishi ko‘p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog‘liq. Shu
bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag‘larni tejab-tergab, ulardan o‘rinli
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga
o‘rgatish, o‘zining shaxsiy hamda oila a'zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan
mas'uliyatli yondashishga ko‘niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson
mehnatiga to‘nadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun
ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lar edi. Oilada tashkil etiladigan
iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta
tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir (iqtisodiy tarbiya)
Dostları ilə paylaş: |