1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash


-modda. Pochta-telegraf jo`natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko`ra - boshqa tilda amalga oshiriladi. 19-modda



Yüklə 386,19 Kb.
səhifə3/29
tarix20.05.2023
ölçüsü386,19 Kb.
#118185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qo

18-modda. Pochta-telegraf jo`natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko`ra - boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlarining matnlari davlat tilida bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo`shma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, е’lonlar, narxnomalar va boshqa ko`rgazmali hamda og`zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va е’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo`riqnomalar, еtiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda. Geografik ob’ektlarning nomlari davlat tilida aks еttiriladi.
23-modda. O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o`zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini еrkin tanlash huquqini amalga oshirishga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo`ladilar.

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

Mazkur dastur O‘zbekistan Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

Yüklə 386,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin