1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash



Yüklə 386,19 Kb.
səhifə2/29
tarix20.05.2023
ölçüsü386,19 Kb.
#118185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qo

10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.

11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o`sha joydagi ko`pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok еtayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok еtish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi ta’minlanadi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o`rtasidagi iqtisodiy nizolarni ko`rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo`llaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko`rib chiqilishi mumkin.
12-modda. O`zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko`ra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo`lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda. Fuqarolik holatini qayd еtuvchi hujjatlar, shaxsning kim еkanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.
14-modda. O`zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.
15-modda. O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o`z millatidan qat’i nazar, o`z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga еgadirlar.
16-modda. Televidenie va radio еshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, еhtiyojlarni hisobga olgan holda еsa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.

Yüklə 386,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin