1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash



Yüklə 386,19 Kb.
səhifə9/29
tarix20.05.2023
ölçüsü386,19 Kb.
#118185
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qo

Krilchada:lotinchada:
Октаябр – oktabr
Шовулламок – shovullamoq
Нуктайи назар – nuqtai nazar
Купдан куп – ko’pdan ko’p
Сузбоши– so’z boshi
Бугдойранг – bug’doyrang va hakazo.
Terminologik lug'at so'zligi ma'lum bir sohaga xos so'z -terminlardan iborat bo'ladi. Misol uchun 0.U.Salimov, Z.S.Ibrohimov, P.R.ISmatullayev,
A.S.Karimovlarning "Ruscha - O'zbekcha politexnika atamalari lug'ati". Mazkur
lug'atni tuzishda Toshkent Davlat texnika universiteti qoshidagi ayrim fakultet va
kafedralarda tuzilgan maxsus atamalar lug'atlaridan, jumladan, mashinasozlik,
elektrotexnika, energiya, geologiya, konchilik, neft, gez, radiotexnika vaelejtronika ixtisosliklari uchun tayyorlangan lug'atlardan keng foydalanildi.Shuningdek, temir yo'l, to'qimachilik va yengil sanoat ixtisosliklarining talabalari uchun tayyorlangan "Ruscha -0'zbekcha atamalar lug'ati" ham nazarda tutildi.
Fan va texnika rivojlangani sari bu sohalarda yangi s0'zlar va atamalar paydo
bo'lishi tabiiydir: o'tgan davr ichida ko'p so’zlarning ma'nosi o'zgardi, ayrim
so'zlarning ma'nosi ravonlashdi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib ketdi yoki boshqa
atamalar bilan almashildi. Natijada yangi atamalarni to'laroq o'zlashtirish hamda o'zbek tilida texnikaning turli sohalariga tegishli adabiyotlar nashr etishni ko'paytirish lozimligi olimlarimiz oldiga yangi "Ruscha-o'zbekcha politexnika atamalari lug'ati"ni tayyorlashdek masalani qo'ydi. Unda texnikaning deyerli barcha sohalariga oid va maxsus mutaxassisliklarga tegishli ruscha so'z va atamalarning tarjimasi berilgan. Ba’zi ruscha – o’zbekcha atamalarning
o’zbekcha ma’nosini to’liqroq ifodalash maqsadida asosiy atama bilan birga bitta
yoki bir nechta sinonimlar kiritildi. Agar birorta ruscha atama tegishli sohalarda turli ma’noga ega bo’lsa,
bunday atamalar tartib raqami bilan har -xil tarjima tarzida
ko’rsatilgan. Masalan,
a) ruscha “БЛОК” so’zi uchun o’zbekchada:
Blok; 2. Chig’ir; 3.bo’lak, bo’linma; 4.to’siq kabi so’zlar olingan;
b) ruscha “БАЗА” so’zi O’zbekchada:
1. Baza, asos, negiz; 2. Yarim o’tkazgich asboblarda tranzistorning bir
Eliktrodi; 3. Baza – o’qlar orasidagi masofa (avt); 4.baza -narsalar, ashyolar
Saqlanadigan ombor va h.k.
Agar ruscha atamaning o’zbekcha tarjimasi bir sohaga tegishli ikkita yoki bir necha sinonimlardan iborat bo’lsa, bu sinonimlar vergul bilan ajratiladi:
Migratsiya -siljish, ko’chish;
Dempfer -so’ndirgich, tinchlantirgich deb olindi.

Xulosa:Demak yillar o'tishi mobaynida, fan-texnika taraqqiyoti, zamon rivojlanishi tufayli tilimizga yangidan yangi so'zlar kirib kelib tilimizga singib boradi. Ishlatilishi kamayib borayotgan so'zlar esa sekin astalik bilan yo'qolib boradi. Bunday xollarda biz uchun so'zlarining ma’nosini topishda yuqorida ko'rib o'tgan har bir lug'at va lug'atshunoslik ishlarining o'rni judaham katta rol o'ynaydi

Yüklə 386,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin