1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash



Yüklə 386,19 Kb.
səhifə12/29
tarix20.05.2023
ölçüsü386,19 Kb.
#118185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qo

Bir she’r tarixi
Adabiy asarning mohiyatida obrazlilik mavjud. U maromiga etkazilmas ekan, badiiy ijod ekspressivlik va emotsionallik kasb etmaydi. Adabiy asar tesha tegmagan metaforalarga boy bo„lsa, unda teran mushohadaga chorlovchi badiiy-tasviriy vositalar etarlicha qo„llanilsa, poetik qiymati ham shunchalik rang-barang, betakror bo„ladi. Darvoqe, “Har bir obrazda shoirning voqelik hodisalariga shaxsiy munosabati bor. Unda shoir dunyoqarashi, ideali, estetik olami mujassamlashgan” Haqiqatan ham, shoira Zulfiya poetikasida – fasllarga ajralgan qalbning ruhiy kechinmalari aks ettirilgan. Masalan, quyidagi to„rt qator she‟rni kuzatamiz va bunga guvoh bulamiz:
Gavhar marjon kabi yaltirab tursa,
Meni ham o„raydi she‟riy hayajon!
Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga,
Nurlarga komilib yuraman shodon
Kuz poetik obraz darajasi ko„tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni akslantirmoqda. Hisiy bo„yoqdorlik qabarib ko„ringan ushbu she‟r mohiyatida lirik obraz – kuz tiynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Idrok va tushuncha qa‟rida tuyg„ular realizmi inkishof qilinadi. SHoira bir dam bo„lsa ham o„quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro„y-rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she‟rning doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida qabarib ko„rinadi. “Tovusday bezangan daraxt bog„lari” tashbihining kuzga ishorasi o„ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. “Oltin kuz” nomli she‟rning kechinma tarkibida o„nlab muqoyasalarni original inkishof qilishga erishgan. Jumladan, “nurlarga ko„milib yuraman shodon” birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini – umid ekanligini talqin qilish etakchi kategoriyaga aylangan.
Shoira Zulfiyaning adabiy suhbatlaridan uning shogirdlariga qanchalik g’amxrlik ko’rsatganini anglab olish mushkul emas. Bu ko„pincha shoiraning yaxshi she‟rni qanday yozish kerakligi, she‟r yozishda nimalarga jiddiy e‟tibor qaratish lozimligi kabi masalalarda o’z maslahatlarini ayamaganligida ko„rinadi. SHe‟rning dunyoga kelish onlari bo’ladi, shoir ana shu jarayonda ilhomiga tayanib ish tutsa, iste‟dodidan unumli foydalansa yaxshi natijalarga erishishi mumkinligiga ishora qiladi. Bular shoira Zulfiyaning hayot va ijod haqidagi tasavvurlarining bir uzvi xolos. Voqelikka xos munosabatda bo’lish, she‟rni takror va takror ishlash, uni qayta tekshirish, tahlil qilish tufayli yangi fikr aytish mumkin deb hisoblaydi va bu fikrlarni hayotiy mol darajasiga ko„taradi. Borliqni estetik qayta idroklash shoirdan mehnat va mahoratni talab qilishiga mantiqiy urg„u beradi. Binobarin, “she‟rlar minglarcha kishilar oz qalbi va dili bilan his etib o’zlariniki qilib olgandagina poeziyaga aylanadi. Menimcha, shoir uchun eng qiyini – shoirning zi uchungina emas, o„quvchi uchun ham zarur o’z ovozini, o’quvchining yuragiga yaqin, aziz, uni ham hayajonga soladigan torlarni topa bilishdir. Agar o„quvchi shoir yoki yozuvchining his-tuyg„ulari va g’oyalaridan to„lqinga k’elmasa, asar u uchun befarq qolsa, demak, poeziya yaratilmadi”

Yüklə 386,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin