1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash



Yüklə 386,19 Kb.
səhifə1/29
tarix20.05.2023
ölçüsü386,19 Kb.
#118185
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1-mavzu o’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qo



1-MAVZU
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida O’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qtish masalalari bo;yicha ma’lumot to’plash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Davlat tili haqida
(yangi tahriri)
1-modda. O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
2-modda. O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va еlatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.

3-modda. O`zbek tilining O`zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpog`iston Respublikasida amal qilishiga bog`liq masalalar shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog`liq udumlarni ado еtishda qo`llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o`z xohishlariga ko`ra tanlash huquqiga еgadirlar.

4-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tilini o`rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va еlatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o`qitish bepul amalga oshiriladi.

5-modda. O`zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko`rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda еsa - ularning tillarida faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil еtish ta’minlanadi.
6-modda. O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini еrkin tanlash huquqi beriladi.
O`zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o`rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya еtiladi.
Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma е’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy еtish hisobiga ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo`mitalarining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy еtiladi.
8-modda. O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham е’lon qilinadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o`zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.


Yüklə 386,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin