Yoshlarni mamlakatimizda milliy istiqlol yillarida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni mustaqil tahlil qilishga o’rgatish;
Mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tushunish hamda ochib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatlarini yuksaltirish, ajdodlar merosiga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhiyatini shakllantirish;
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hamda Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va undan ko’zlangan maqsad va pirovard natijalar mazmun mohiyatini to’g’ri anglash va tahlil qilish malakasini shakllantirish.
O’zbekistonning eng yangi tarixi
VAZIFALARI:
Jahondagi ilg’or, taraqqiyparvar demokratik davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida xalqimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash madaniyatini shakllantirish;
Taraqqiyotning umume’tirof etilgan tamoyillariga asoslangan yo’llarni to’g’ri belgilab olishga ko’maklashish, yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslik, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqarish;
Taraqqiyotga, millat kelajagiga xavf soluvchi asosiy omillarni oldindan ko’ra bilish va ularni o’z vaqtida bartaraf etish;
Qo’shni va dunyo xalqlari bilan hаmjihatlikda, tinch-totuv yashash tamoyillarini shakllantirish.
Bugungi kunda O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasida tarixchi olimlar quyidagi yettita asosiy davrni taklif qiladilar: