Frazeologiya. Turg’un so’z birikmalari Iboralar Ikki yoki undan ortiq so`zning turg’un birikma hosil qilib ko`chma ma’noda qo`llanilishiga ibora (frazeologik birikma – turg’un so`z birikmasi) deyiladi. Iboralar tilshunoslikning frazeologiya bo`limida o`rganiladi. Iboralarning lug’aviy ma’nosi odatda bitta so`zga teng bo`ladi va so`zlar kabi lug’aviy birlik hisoblanadi. Masalan: Ko`zi tushdi (ko`rdi); yog’ tushsa yalagudek (toza); dumini tugib qo`ymoq; xafsalasi pir bo`lmoq.
Tasviriy ifodalar
Biror narsani o`z nomi bilan atamasdan obrazli tarzda ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar, asosan, badiiy va publisistik uslublarda keng qo`llaniladi. Masalan: dala malikasi (makkajo`xori); oq oltin (paxta); o`rmon malikasi (archa); dehqonning qanoti (texnika).
Ba’zi tasviriy ifodalar ikki narsani nomini bildirsa, ba’zi narsalar ikkita tasviriy vosita bilan ifodalanadi: aql gimnastikasi (matematika; shaxmat); qora oltin (neft; toshko`mir); zangori ekran - oynai jahon (televizor);
Quyidagi iboralar ishtirokida gaplar tuzing va ma’nosini izohlang.
Bevaqt qishqirgan xo’rozday-