Siyar al-aqtob Shayx Abdurrahim ibn Hakim Busnoxshiy al-Usmoniy qalamiga mansub “Siyar al aqtob” asari valiy va so’fiylar haqida bo’lib, turkiy tilda bitilgan. Unda So’fiylikdagi aziz avliyolar nomini olgan karomat sohiblari «qutb»lar va ularning karomatlari va fazilatlari bayon qilingan.
Asar nodir manba sanalib, uning qo’lyozma nusxalari unchalik ko’p emas.Toshkent Islom universiteti Manbalar xazinasida 37-raqam bilan qayd qilingan.Asarning ushbu qo’lyozmasi XVII asrda Qo’qon xoni Muhammad Rahimxon II (Feruzxon) buyrug’iga binoan bitilgan.U sharq qog’oziga chiroyli nasta’liq xatida ko’chirilgan.Sahifalari poygirlar (sahifa matni tugagandan keyin navbatdagi sahifaning ilk so’zi) bilan belgilangan. Matnning atrofiga tilla suvi yuritilgan jadval chizilgan, jumlalar orasidagi «naqldurkim» so’zi va avliyolar ismlari qizil siyoh bilan ajratib yozilgan.
Qo’lyozma qora qalin karton muqovada bo’lib, uning sathlari gulli qavariq sahhof tamg’alari bilan bezatilgan. Muqovaning tayaki (ikki muqovani bir-biri bilan bog’lovchi charm xom ashyo) va dastaki (muqova chetidagi charm qoplama) lari charmdan ishlangan.
Asar 159 varaqdan iborat, har bir sahifaga 19 qatordan matn joylashtirilgan. Matn o’lchami 11x19,5 sm. Asar o’lchami 17,5x27.
Xazoyin al-ma’oniy “Xazoyin al-ma’oniy” g’azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiyning (1441–1501) bebaho durdona asarlaridan biridir. Alisher Navoiy 1491—1492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she’rlaridan yangi, yig’ma devon tuzishga kirishadi va bu ish 1498—1499 yilda nihoyasiga yetadi. Devonning umumiy nomi «Xazoyin al-ma’oniy» (“Ma’nolar xazinasi”) bo’lib, to’rt qismdan iborat bo’lganligi uchun “Chor devon” deb ham atalgan.Unga quyidagi “G’aroyibus-sig’ar”, “Navodirush-shabob”, “Badoe’ul-vasat”, “Favoyidul-kibar” kabi asarlar kiritilgan.Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiyning barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalab berilgan.Ushbu asarning nodir qo’lyozma nusxalaridan biri Toshkent Islom universiteti Manbalar xazinasida 142-raqam ostida saqlanmoqda. Mazkur nusxada “Xazoyin al-ma’oniy” devonidan tashqari Navoiyning “Inshoot”, “Binoyi Sulaymoniy bayoni”, “Ulumi haqoyiqiy”, “Mahbub ul-qulub”, “Lug’oti alfoz” kabi noyob asarlari ham joy olgan.
Qo’lyozma XVII asrga oid bo’lib, rabi’ul-avval oyida, Xotan shahrida besh nafar kotib jumladan, Miralim ibn Alim Soqiy tomonidan go’zal nasta’liq xatida ko’chirilgan.Qo’lyozma Abdurrashid ibn MuhammadniyozOxundga tegishlidir.Sahifalari poygirlangan. Sarlavha va mavzu nomlari, “Muxammasi mir Navoiy”, “Masnaviy” kabi so’zlari qizil siyoh bilan ajratib yozilgan. Har bir asarning birinchi sahifasiga kitob egasining “Abdurrashid Xo’ja” deb yozilgan muhri bosilgan. Qo’lyozmada yana katta va kichik ikkita dumaloq muhr bor bo’lib, kichigida “tavakkaltu al-alloh” deb yozilgan, katta muhrning siyohlari surkalib ketganligi sababli o’qib bo’lmas holatga kelgan.
Qo’lyozma yashil qalin karton muqovada bo’lib, uning sathlari gulli qavariq sahhof tamg’alari bilan bezatilgan. Muqovaning tayaki va dastakilari qizil charmdan ishlangan.
Asar 333 varaqdan iborat, har bir sahifaga 25 qatordan matn joylashtirilgan.Matn o’lchami 18,5x31 sm. Asar o’lchami 27x41.
Manbalar xazinasida saqlanayotgan zamonaviy nashr kitoblardan alohida e’tiborga moliklari qatorida Mahmud Zamaxshariyning “Asos al-balog’a”, “Rabiy’ al-abror va nusu al-axbor” va “al-Kashshof” asarlari, imom Buxoriyning “al-Jome’ as-Sahih”, “al-Adab al-mufrad” asarlari, “Mavsu’a al-fiqh al-islomiy”, “al-Fiqh al-hanafiy va adillatuh” kabi fiqhiy qomus va to’plamlar, “Tafsir at-Tabariy”, “Tafsir an-Nasafiy”, “Tafsir al-Qurtubiy”, “Tafsir al-Manor”, “Tafsir as-Samarqandiy” kabi tafsirlar, imom Muslim, imom Termiziy, ibn Mojja, Abu Dovud, an-Nasoiylarning hadis kitoblarini eslab o’tish joiz.
Manbalar xazinasi kun sayin ko’plab ilmiy, tarixiy, diniy va adabiy manbalar bilan boyib bormoqda, bu esa universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishida yaqindan yordam beradi.
So'zlashuv uslubi
Uyda, ko'chada, insonlarning o'zaro so'zlashuvida qo'llanadigan uslub so'zlashuv uslubi deb ataladi!.Bu uslubning adabiy til me'yorlariga rioya qiladigan ko'rinishi adabiy so'zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me'yorlariga rioya qilinmaydigan ko'rinishi oddiy so'zlashuv uslubi deb ataladi.So'zlashuv uslubidagi nutq ko'pincha dialogik shaklda bo'ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
So'zlashuv uslubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do 'ndiribsiz-da. Mazza qildik Ketaqo-o-oll So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko'plab ishlatiladi.Ko'proq sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.