1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


MENNECHUNSEVAMANO’ZBEKISTONNI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Узбек тили

MENNECHUNSEVAMANO’ZBEKISTONNI
MennechunsevamanO‘zbekistonni
Tuprog‘inko‘zimgaaylabto‘tiyo.
Nechun Vatan Deya er-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida, dunyoda tanho nima bor,


Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo?
YOki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni?


Bog‘larin jannat deb ko‘z-ko‘z etaman,
Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men
O‘paman: «tuprog‘ing bebaho, Vatan»

Aslida tuproqni odil tabiat


Taqsim aylagan-ku er yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig‘ladi Furqat
O, Qashqar tuprog‘i qashshoqmiding sen?

Xo‘sh, nechun sevaman O‘zbekistonni,


Sababini aytgin desalar menga,
SHoirana, go‘zal so‘zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga,

Xalqim, tarix hukmi seni agarda


Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo‘lsaydi,
Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?

Vatanlar, Vatanlar,


Mayli, gullasin,
Bog‘ unsin mangulik muzda ham ammo
Yurtim, seni faqat boyliklarning-chun
Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!
A.Oripov
MODAL SO’ZLAR
Biror modal ma’noni ifodalab qisman so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha oladigan gapga kirish so’z gap bo’lagi yoki butun bir gap vazifasini bajaradigan so’zlar modal so’zlar deyiladi.
Modal so’zlar aslida boshqa so’z turkumlaridan o’sib chiqqan bo’ladi.
1.Otdan o’sib chiqqan modal so’z: aftidan, ehtimol, haqiqatdan, darhaqiqat.
2.Sifatdan o’sib chiqqan modal so’zlar: shubhasiz, so’zsiz, tabiiy, bor yo’q
3.Feldan o’sib chiqqan modal so’z: chiqar bo’ldi.
4.Olmoshdan o’sib chiqqan modal so’z:o’z-o’zidan, sizningcha, menimcha, bizningcha.
5.Ravishdan o’sib chiqqan modal so’z: albatta.
Modal so’zlar tubandagi ma’nolarni bildiradi:
1.Fikrning aniqligini:albatta, shubhasiz, darhaqiqat.
2.Gumon noaniqligini:ehtimol, balki, aftidan.
3.Maqsad talab shartni:kerak, lozim,darkor.
4.Mavjudlik va tasdiqni:bor, mayli, to’g’ri.
5.Inkorni bildiradi:yo’q.
6.Ma’qullikni bildiradi:durust, bo’pti.
7.Yakunlash va taqidni:demak, xullas,modomiki.
8.Eslatishni:darvoqe, aytmoqchi.
9.Achinish taassufni:afsus, attang..

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin