1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Узбек тили

Anvar Obidjon
Hayotning har lahzasi go’zal
Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga Quyosh.
Kelinchakdek bo’lib orasta,
Gul salomdan ko’taradi bosh.
Hovli go’yo artilgan chinni,
Yo’llar go’yo yuvilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bir kunni
El oyoqqa turar jonsarak
Hayotning har lahzasi go’zal,
Umrning har dami g’animat.

Qaymoq isi yayratar tanni,


Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o’zanni,
Odamlarga to’lar ko’chalar.
Asli, hatto go’dak emizmoq
Barobardir og’ir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o’qishga…
Hayotning har lahzasi go’zal,
Umrning har dami g’animat.

Duch keladi yuzlab chehralar,


Ko’pin qaytib ko’rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o’zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko’zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin…
Hayotning har lahzasi go’zal,
Umrning har dami g’animat.

Bir mahallar berishgan salom,


Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xushkalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko’z bola
“Tinchlik” so’zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola,
Intilasan yana oldinga…
Hayotning har lahzasi go’zal,
Umrning har dami g’animat.

Bu yurtdaalp chinorlar o’sar,


Ko’k gumbazlar o’ng-u so’lingda.
Bir azaga kirib o’tsang gar,
So’n o’nta to’y uchrar yo’lingda
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig’ilar eski ulfatlar.
Odamzodga dunyo bo’lmas tor,
To mavjuddir shirin suhbatlar
Hayotning har lahzasi go’zal,
Umrning har dami g’animat.

Bosh ko’tarmas kimdir ishidan,


Kimdir o’ylar ulug’ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo’na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko’ngli to’lib,
Ertanggi kun uchun to’plar dosh.
Anvar shoir charchog’i bo’lib
Tog’ ortiga yonboshlar Quyosh

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin