HADISLARNIQORAQOLPOQTILIGATARJIMA QILING Rostgo’ylikda xavfu xatar ko’rsanglar ham rost so’zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda ko’rib turgan bo’lsangiz ham yolo’ondan saqlaninglar. Chunki bari bir yolg’onning oxiri voy.
Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting!
Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling: o’limdan oldirtj tiriklikni, betoblikdan oldin salomatlikni, bandlikdan oldin bo’sh vaqtni, keksalikdan oldin yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni g’animat biling.
Bu dunyoda bema'ni gaplarni ko’p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko’p bo’lur. Tangri birodarlariga qovog’ini solib qaraydigan kishilarni yoqtirmaydi. Baxtsizlik uch narsadadir: otda, xotinda va hovlida. Odamlar orasida chaqimchilik va bo’hton gaplami tarqatishdan saqlaninglar,
Kimki otasining vafotidan keyin ham unga yaxshilik qilishni istasa, uning yoru birodarlari bilan aloqani uzmasin.
Kimki birovning biror aybini topib ustidan kulgan bo’lsa, o’zi ham shu aybga mubtalo bo’lmaguncha dunyodan o’tmaydi.
Birovning tashqi ko’rinishiga yoki qilayotgan yaxshi ishiga qarab uni maqtashga shoshilmanglar, balki uning oxirgi holiganazar solinglar! Mehmondo’st boimagan odamdan yaxshilik kutilmaydi.
Vasiyat qilamanki, maxfiy ham va oshkora holda ham xudodan qo’rq, agar yomon ish qilib qo’ysang, uni yuvish uchun yaxshi, savobli ish ham qilib qo’y. Birovdan hech narsa so’rama, omonattutma. Ikki kishining o’rtasida hukm chiqarma.
Savollar:
1. Sizbironmartayolg‘ongapirganmisiz?
2. Nima uchun yolg‘on gapirgansiz?
3. Baxt qushi deganda nimani tasavvur qilasiz?
4. Odamlar orasida chaqimchilik va bo‘xton gaplar gapruvchilarga qanday munosabat bildirasiz?
III. Nazariy ma’lumot:
Bilib oling! Sinonim so‘zi grekcha synonymos so‘zidan olingan bo‘lib, «bir nomli» degan ma’noni anglatadi. Denotativ ma’nosi bir xil, konnotativ ma’no va boshqa xususiyatlari farqli bo‘lgan so‘zlar sinonimlar deyiladi. Masalan: yuz, aft, bashara, chehra, turq kabi. Demak, sinonimlar ta’rifida ma’nolari bir deyish to‘g‘ri emas, chunki ma’nolari bir xil bo‘lsa dubeet deyiladi; arava-aroba, shohi-shoyi, gado-gaday kabi.
Birlashtiruvchi ma’nosi bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar guruhi sinonimlik qayf deyiladi.Ular ikki va undan ortiq so‘zlardan tashkil topadi: osmon, ko‘k, samo, falak (to‘rtta so‘z), qiziq, g‘alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib (yettita so‘z) kabi.
Sinonimik qatarning tuzilishida ma’lum chegaraga va aniqlikka ega bo‘lgan, uslubiy jihatdan «betaraf» so‘z dominanta deyiladi. Masalan: yurak, ko‘ngil, qalb, dil sinonimikqatorida dominanta yurak so‘zi sanaladi.
Sinonimik munosabat, odatda, bir so‘z turkuni doirasida bo‘ladi: ulug‘, buyuk, katta (sifat), odam, inson, bashar, kishi (ot).
Sinonimik qator barcha mustaqil va yordamchi so‘zlar, shuningdek, modal so‘zlar doirasida ham uchraydi. Sinonimik qatordagi so‘zlar quyidagicha uch nuqtai nazardan farqlanadi:
1) Emotsional-ekspressiv buyoq nuqtai nazaridan: neytral yoki byayoqdor bo‘ladi: yuz-neytral, bashara – buyoqdor;
2) qo‘llanish uslubiga ko‘ra: inson, odam, bashar sinonimik qatoridagi bashar so‘zi poetik uslubga xos;
3) adabiy tilga munosabatiga ko‘ra: adabiy yoki dialektal xususiyatlarga ega: qidirirmoq – adabiy: istamoq-dialektal kabi.
Esda tuting! Antonim so‘zi grekcha – antionymo «zid nom» degan ma’noni anglatadi. Masalan: katta-kichik, do‘st-dushman leksik; - li; - siz; aqilli-aqilsiz morfologik iboralarga teng: qo‘li uzun – ko‘li kalta kabi ko‘rinishlarda uchraydilar.
Antonimlar, asosan, belgi bildiruvchi so‘zlar ya’ni sifat va ravishlarda uchraydi: yaxshi-yomon, ko‘p-oz, kata-kichik, baland-past kabi. Lekin ot va fe’llar doirasida kam uchraydi: vafo-jafo, yig‘lamoq-kulmoq singari.
Demak, ba’zi so‘zlar ma’nolariga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lsa, ayrimlari qarama-qarshi ma’noli bo‘ladi. Ayrim so‘zlar esa shaklan har xil ko‘rinishda bo‘lsa ham, ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘ladi.
Omonim so‘zi grekcha «bir xil nom» demoqdir. Masalan: ot-ism, ot-hayvon, yoz-xarakat, yoz-nom, fasl kabi. Omonimlar turli insoni semantik guruhlarga kiradi, ularni bir-biridan farqlovchi eng muhim belgi ulardagi sintamatik munosabatlarning xilma-xilligidir. Lekin omonimlar bilan poli-semantik so‘zlarni farqlash lozim: o‘tlov, o‘t-maysa, o‘t-harakat, fe’l-omonimlar; bosh inson ta’nasining yuqori qismi ishning boshi – ishning boshlanishi nuqtasi; buloq boshi – buloqning tepasi; ko‘chaning boshi – boshlanadigan joyi kabi. Demak, ular bir-birlaridan quyidagi xususiyatlarga ko‘ra farq qiladilar.
1. Ularning o‘xshash tomoni bita shaklga ega va ularda bita shaklga bog‘lanuvchi birdan ortiq leksik ma’no mavjud.
2. Polisemantik so‘zlar ma’no jihatidan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi, omonimlarda bo‘nday xususiyat yo‘q. Masalan: ko‘z-insonning ko‘zi, buloqning ko‘zi, ishning ko‘zi, taxtaning ko‘zi kabi.
3. Polisemantik so‘zlar anglatgan ma’no bar so‘zning til taraqqiyoti qonuniyatlariga muvofiq yangi ma’no anglatishi, omonimlar birnechta mustaqil so‘zlarning tasadifiy birlashidan tashkil topadi.
4. Polisemantik so‘zlarning yasalishi bir so‘z turkimi doirasida bo‘lsa, omonimlarda boshqa-boshqa so‘zlardan iborat bo‘ladi: tut-tutzor, tutchi; tut-tutqin, tutqinlik kabi.
Polisemantik so‘zlarning ma’no miqdori chomonimlarda ikkitadan to‘rttagacha davom etadi.
Savol va topshiriqlar
1. Denontativ va konnotativ ma’nolarin izohlang.
2. Ma’nolari bir xil so‘zlar nima deyiladi?
3. Sinonimik qator deganimiz nima?
4. Dominanta so‘z qanday xususiyatlarga ega?
5. Sinonimik munosabat nima?
6. Emotsional – ekspressiv buyoqdorlik qanday bo‘ladi?
7. Antonim so‘zlar qanday ma’no anglatadi?
8. Antonimlar qanday so‘z turkimlari doirasida uchraydi?
9. Omonim deganimiz nima?
10. Omonimlar bilan polisemantik so‘zlarning farqlarini sanab bering.
11. Qaysi biri ma’no jihatidan bog‘langan bo‘ladi.
12. So‘z ma’nolarining kuchish usulidan qanday leksik birliklar hosil bo‘ladi.
Terminlarni qiyoslang
Matn – tekst
Ma’nodash so‘zlar – sinonimlar
Zid ma’noli so‘zlar – antonimlar
Ko‘p ma’noli so‘zlar – polisemantik so‘zlar
1. Uyga vazifa: 1 topshiriq. Omonim va polisemantik so‘zlar bo‘yicha klaster tuzing