Bilimlarning inversiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: talaba aqliy faoliyatini faollashtirish maqsadida bilimlarni shakllangan fandan boshqasiga o’tkazilgandagi tavsifining o’zgarishi; ilmiy bilimlar mohiyat jihatidan o’zaro bog’liqligini o’quv vazifalariga aylantirish; talaba ijodkorlik qobiliyatlari ham kasbiy yo’nalganligining tarkib topishini ta’minlovchi fanlararo bilim va ko’nikmalarni egallash darajalarini belgilab olish.
Inversiyaning mohiyatini quyidagi misolda izohlash mumkin. I.Nyuton tomonidan kashf etilgan mexanika qonunlariga oid bilimlar inversiya natijasida hali maktab fizika kursidayoq texnika va texnologiya ob’ektlariga tatbiq etilib, politexnik ko’rinishda taqdim etiladi. Ushbu bilim boshqa ob’ektlarga o’tkazilganida o’zga yo’nalish kasb etib, boshqa kasbiy vazifalar yechimiga xizmat qiladi. Misol uchun, fizikani o’qitish metodikasiga o’tkazilgan fizikaga oid bilimlar inversiyaga uchrab, bo’lajak fizika o’qituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy bilimlarga aylanadi. Fan yo’nalishlariga oid bilimlar bo’lajak muhandisning maxsus fanlarni o’rganishi hamda ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Bu kabi o’zgarishlar amalga oshirilmasa, umumta’lim hamda maxsus fanlarga oid bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etilmasa ular bo’lajak muhandis uchun kasbiy bilim emas, balki propedevtik ahamiyat kasb etuvchi ma’lumot sifatidagina ahamiyatga ega bo’ladi.Umumta’lim, umumtexnik hamda maxsus turkumdagi fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari ularning mazmunida mujassamlashgan, zero, u o’zida tabiatiga ko’ra yagona bo’lgan atrof-olam to’g’risidagi bilimlarni ifoda etadi.Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda o’quv fanlarini o’qitishdagi tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod hamda vositalari tizimini, ularning asosi bo’lgan o’qitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bularni o’quvchilar hayotiga qanday tatbiq qilib bo’ladi?
O’qish – aqliy mehnat turlaridan biri. Mamlakatimizda millionlab o’quvchilar maktablarda o’qishadi. O’qish – bu o’ziga xos xususiyatga ega mehnatdir. SHu narsa aniqki, bu mehnat ham ayni bir natijaga erishish uchun ko’p yoki oz kuch sarflanishiga qarab u yoki bu darajada samarali bo’lishi mumkin.O’quvchilarni har bir ishga kirishishdan oldin xoh yozma, xoh og’zaki reja tuzib olishga o’rgatish kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ham, shaxsiy ishda ham tartiblilik, tejamlilik rejaning mavjudligi va mukammalligiga bog’liqdir:Integratsiya - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish bilan shug’ullanadi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obyektlari asosida tuzilgan. Endigina maktabga qadam qo’ygan boshlang’ich sinf o’quvchilariga fanlarni o’zaro bog’lab va farqli jihatdan asoslab o’rgatish bir muncha qiziq va o’quvchilarni diqqatini, e’tiborini tortadigan jarayon bo’lib xizmat qiladi. Integratsiyaning sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin. Masalan: a) maqsad va muammolar asosida b) maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida c) qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida d) integratsiya usullari va yo'llari asosida e) o'quv rejasidagi o'rni asosida f) darsni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: g) o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kabi asoslarni o’ziga dasturilamal qilib olgan o’qituvchilar odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo'yadilar, shu sabali dars jarayonlari ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi. Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz umumta’lim maktablarida darslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klassifikatsiya) quyidagicha: 1. Ko'p fanlar integratsiyasi. Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim darslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish. Proceedings of Ingeni
Odatda, bunday darslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z darslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar. Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan darslar taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar darslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi. 2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan darslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi. 3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan darslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedogogik texnologiya, pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqa hayot jarayonlariga bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informatsiyani qayta ishlash: informasiyaning tuzilishi va xususiyatlarini uning shaxs shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalarini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ darslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi. 4.Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi darslar. Bu asosda integrativ darslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: “materiya”, “harakat”, “modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi. Yuqoridagi barcha mavzularning integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday darslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q. Qolaversa, bugungi kunda integrativ darslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ darslar ( asosan ekologiya bilan bog'liq darslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ darslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi. Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta'sir ko'rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib olganlar. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar.
Nazorat savollari:
Integratsiya nima?